So’nggi yangiliklar

12:10Суперлига 1-туридаги водий дербисидан ГАЛЕРЕЯ  0 11:42"Челси" нидерландиялик ҳужумчига даъвогарлик қилмоқда  0 11:17Гвардиола "Манчестер Сити"нинг қимматбаҳо футболчиси билан хайрлашади. Унга янги клуб топилди  1 10:50«Реал Мадрид» Мбаппега катта миқдорда бонус берди  4 10:18«Атлетико» футболчиси узоқ муддатга четлатилиши мумкин  9 09:52Клаудио Раньери Шомуродов ҳақида фикр билдирди  4 08:49Гвардиола Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  6 08:16Sofascore. Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  9 07:55Суперлига. Насаф ўз уйида ғалаба қозонди, Шароф Муҳиддиновдан СУПЕРГОЛ!  0 07:40Танишинг! "Насаф"нинг Суперлига-2025 учун тўлиқ қайдномаси  0 03:09Сергей Лушан: "Футболни озгина бўлса ҳам тушунадиган одам бир ойда жамоа йиғиб бўлмаслигини тушунади"  13 02:42А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Аталанта"га шармандали тарзда мағлуб бўлди  20 01:42Вадим Абрамов: "Бизни "Навбаҳор"дек жамоага қарши ўйиндаги дуранг ҳам қониқтирмасди"   11 00:21Киммихнинг "Бавария" билан янги шартномаси бўйича ҳужжатлар тайёр. Келишув 2029 йилгача мўлжалланган  2 23:55А Серия. "Рома" биринчи дақиқадаги гол эвазига "Эмполи"ни мағлуб этди, Шомуродов 72 дақиқа ўйнади  55

Oliy liga-2015 yakunlari. "SHo'rtan" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "SHo'rtan" haqida

Teglar :  SHo'rtanoliy liga
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun G'uzorning "SHo'rtan" klubi haqida malumot beramiz.

Mavsum
CHempionatni Farg'onada "Neftchi" bilan durang o'ynab boshlagan "SHo'rtan" keyingi ikki turda o'z uyida g'alabalarga erishdi. SHu bois ham musobaqa jadvalida 3-pog'onada ham qayd etildi. Keyin o'yinlarda ochkolar yo'qotilishi natijasida 11-pog'onada tugatdi. Qizig'i 2015 yilgi mavsum tugaganida ham "SHo'rtan" aynan shu pog'onada qayd etildi. Agar jamoa bir nechta o'yinlarning so'nggi daqiqalarida himoyada tartibli o'ynay olaganida bundan ko'proq ochko jamg'argan bo'lardi.



Murabbiy
Muxtor Qurbonov bu yil ilk bor oliy ligada bosh murabbiy sifatida ishladi. O'tgan yil "SHo'rtan"ni birinchi ligadan elitaga olib chiqqan yosh murabbiy G'uzor jamoasini kurashchan kollektivga aylantira oldi. Qurbonov bir qator yosh futbolchilarga ham imkon berdi va tajribali futbolchilardan ham voz kechmadi.



Etakchi
Dastlabki davrada jamoada Viktor Karpenko etakchi edi. Aynan u hujumlarni boshlashda anchagina faol edi. Ikkinchi davrada Karpenko G'uzorni tark etdi. "Nasaf"dan "SHo'rtan"ga o'tgan Botir Qoraev uning o'rnini egalladi. CHap qanot himoyachisi deyarli barcha o'yinlarda to'liq o'ynadi.



Kashfiyot
Murod Rajabov. Mashhur aktyor bilan adash bo'lgan 20 yoshli futbolchi nafaqat "SHo'rtan"ning balki oliy liganing ham kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Aynan klubdagi o'yinlari tufayli uni olimpiya terma jamoasi yig'inlariga ham taklif etishdi. Rajabov bu yil 16ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urishga erishdi. G'ulom Haydar G'ulomovni ham kashfiyot deb hisoblasak bo'ladi. Sababi bu yarim himoyachi birinchi ligada bir necha yillar davomida o'ynagan bo'lsada oliy ligada maydonga tushmagandi. Bu yil 24ta o'yinda ishtirok etgan G'ulomov 3 bor raqiblar darvozasiga yo'l topa oldi. Uning Toshkentda "Lokomotiv" darvozasiga urgan goli ko'pchilikning yodida turgan bo'lsa kerak.



Eng yaxshi o'yin
"SHo'rtan" - "Paxtakor" 1:1

Oliy liga debyutanti o'z maydonida chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor"ni qabul qilganida ko'pchilik "sherlar"ning oson g'alabasini taxmin qilgandi. Biroq Muxtor Qurbonov boshchiligidagi jamoa o'z muxlislari qarshisida durang qayd eta oldi. O'yindagi hisobni maydon egalari himoyachisi Sarvar Jo'raev ochdi. Bunga mehmonlar safida Adnan Oraxovac javob berdi - 1:1.



Eng yaxshi futbolchi
Igor Taran. "SHo'rtan" hujumchisi aynan shu klub uchun yaralgan desak yanglishmaymiz. Sababi "Bunyodkor" va "Nasaf"da o'ynagan Taran o'zini u qadar yorqin tomonlama namoyish eta olmadi. "SHo'rtan"ga qaytgach yana to'purarlik mahoratini namoyish etib 26ta o'yinda raqiblar darvozasiga 10ta gol urishning uddasidan chiqdi. U "Neftchi" va "Navbahor" bilan o'yinlarda dublga erishdi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amplua      
Tug'.sana O'yin    
Daqiqa   
Gol   
SK   
QK  
Eshmurodov Umarbek Him 30.11.1992      
28 2473 0 6 1
Boymatov Eldor Yahm 17.11.1990 28 2249 3 4 0
Berdiev Suxrob Yahm 12.04.1990 28 2236 4 7 0
Taran Igor Huj 29.12.1983 26 2103 10 4 0
Yahmvonov Zafar Huj 19.02.1985 26 1833 6 1 0
Kamolov Mirzakamol Yahm 11.08.1987 26 1674 2 1 0
Stanoevich Darko Him 12.04.1987 25 2250 2 4 0
G'ulomov G'ulom Haydar Yahm 21.12.1990 24 1166 3 2 0
Ubaydullaev Laziz Yahm 28.07.1988 22 1739 0 3 0
Aliqulov Asror Him 12.09.1978 19 1046 0 1 0
Tojiboev Eldor Dar 03.09.1986 16 1395 0 1 0
Rajabov Murod Yahm 07.07.1995 16 633 2 0 0
SHaripov SHerzod Him 01.03.1980 15 1056 0 5 0
Mamadaliev Sunnatulla**      
Yahm 28.08.1989 14 1240 0 3 0
Qoraev Botir** Him 08.04.1980 14 1221 0 2 0
Karpenko Viktor* Him 07.09.1977 14 1164 4 1 0
Jo'raev Sarvarjon** Him 23.12.1986 14 948 2 0 0
Klishin Viktor* Huj 15.10.1982 13 620 0 0 0
SHodmonov Samandar Yahm 29.03.1986 12 551 1 0 0
Jo'raev Timur* Dar 12.05.1984 11 990 0 2 0
Otaqulov Jamol* Him 06.12.1985 9 600 0 3 0
Abdulov Roman Dar 10.05.1987 4 315 0 2 0
Rahmonov G'ulom Yahm 18.12.1989 3 33 0 1 0
Azamov Rustam M.* Him 08.07.1992 2 118 0 1 0
Karimov Olimjon Yahm 08.07.1992 1 24 1 0 0


Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar

"SHo'rtan-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar 30
Gollar 42
Uydagi gollar 24 (57,14%)
Mehmondagi gollar 18 (42,86%)
O'tkazilgan gollar 53
Uyda o'tkazilgan gollar 21 (39,62%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 32 (60,38%)
O'rtacha gol 1,4
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,77
Uydagi ochkolar 23/45 (51,11 %)
Mehmondagi ochkolar 10/45 (22,22 %)
Eng yirik g'alaba 4:1 - "Buxoro", "Neftchi"     
Eng yirik mag'lubiyat 0:4 - "Lokomotiv"
"Quruq" o'yinlar 7 (23,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar 7 (23,33%)
Irodagi g'alaba 2
Yirik g'alabalar 3
Yirik mag'lubiyatlar 4
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 2/2
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 54 (1,8)
CHetlatishlar (o'rtacha) 1 (0,03)
Maydonga tushganlar (legioner)             
25 (1 - 4%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 142550/4752
 

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика