So’nggi yangiliklar

12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  0 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  2 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  6 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  2 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  13 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  7 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Oliy liga-2015. Mavsum to'purarlari Yangiliklar

Oliy liga-2015. Mavsum to'purarlari

2015 yilgi oliy ligada "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev 23ta gol bilan to'purar bo'ldi.

Biz mavsumda eng ko'p gol urgan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.

Artur Gevorkyan ("Nasaf") - 11ta gol
"Nasaf" sardori mavsumni bir tekisda o'tkaza olmadi. Bunga jarohatlar ham sabab bo'ldi deyish mumkin. Mavsum boshida dastlabki 5ta turda 4ta gol urgan Gevorkyan yozgi tanaffusga 5ta gol bilan chiqib ketdi. Kuzda esa o'ziga kelib oldi va gollari sonini 11taga etkazib oldi. O'tgan mavsum to'purari bo'lgan turkmanistonlik futbolchi bu yil "Andijon" va "Navbahor"ga qarshi o'yinlarda dublga erishdi. Gevorkyanning oliy ligadagi jami gollari soni 88taga etdi.


Kamoliddin Murzoev ("Olmaliq"/"Dinamo") - 11ta gol
Mavsumni "Olmaliq" safida boshlagan Murzoev Igor SHkvirin jamoasida 12ta o'yinda 3ta gol urdi. Yozda "Dinamo"ga ko'chib o'tdi. Bu transfer juda ham samarali bo'lganini takidlash lozim. Ikkinchi davrada 13ta o'yinda raqiblar darvozasiga 8ta gol urishga erishdi. Kamoliddin ketma-ket 4ta o'yinda maydonni golsiz tark etmadi. Murzoev mavsum davomida faqat bir marta 11tadan ko'p gol urgan. 2006 yil "Mashal" sharafini himoya qilgan hujumchi 26ta o'yinda 15ta to'p kiritgandi. Murzoevning so'nggi turda "Olmaliq" darvozasiga urgan goli uning uchun oliy ligadagi yubiley 50-gol bo'ldi.



Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 11ta gol
Bikmaev ham Murzoev singari mavsum davomida 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bikmaevni murabbiylar asosan "joker" sifatida o'ynatishdi. Yani Marat zaxiradan maydonga tushib gol uradigan futbolchi rolini o'ynadi. Hujumchi 11ta golning 5tasini zaxiradan maydonga tushib raqiblar darvozasiga urgan. Bikmaev mavsum davomida 27ta o'yinda ishtirok etdi, ammo faqatgina 5tasida to'liq harakat qildi. Hujumchi "Navbahor" va "Buxoro" bilan uchrashuvlarda dublga erishdi.



Ilhom SHomurodov ("Nasaf") - 12ta gol
"Nasaf"ning asosiy hujumchisi bo'lgan Ilhom SHomurodov oliy ligada bu yil 29ta o'yinda maydonga tushib 12ta to'p kiritdi. SHomurodov ikki o'yinda "Dinamo" darvozasiga 3ta, "Navbahor"ga 2ta gol urdi. Umuman olganda uning zarbasidan 9ta jamoa jabr chekdi. Etiborlisi Ilhom SHomurodovning oliy ligada urgan jami gollari soni 59taga etdi. Keyingi mavsumda uriladigan ilk gol hujumchi uchun 60-gol bo'ladi.



SHahboz Erkinov ("Navbahor") - 13ta gol
Oliy ligada bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan hujumchi bu yil 26ta o'yinda 13ta gol urdi, yani Erkinov har ikkinchi o'yinda bitta gol urdi. U "Olmaliq" va "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvlarda dublga erishdi. O'tgan mavsum SHahboz 14ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni band etgan edi. Hujumchining oliy ligada urgan jami gollari soni 79taga etdi.



Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv") - 14ta gol
"Olmaliq" safida 4 mavsum davomida 98ta o'yinda 11ta gol urgan Sanjar SHoahmedov bu yilni "Lokomotiv" safida o'tkazdi. Natija ajoyib: 29ta o'yin 14ta gol! SHoahmedov "temiryo'lchilar" safida o'zini ancha yaxshi his qildi. "So'g'diyona" bilan uchrashuvda dublga erishdi. Matematikani yaxshi o'qiganlar Sanjarning oliy ligadagi gollari soni 25ta etganini allaqachon anglab bo'lishdi.



Bahriddin Vahobov ("Qizilqum") - 21ta gol
32 yoshli Bahriddin Vahobov bu yil o'zining ikkinchi yoshligini boshdan kechirdi deyish mumkin. "Qizilqum" hujumchisi mavsumni "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda xet-trik bilan boshlaganida ko'pchilik uni to'purarlar poygasida uzoq vaqt karvonboshchilik qilishini hayoliga ham keltirmagandi. Vahobov bu yil ikkita xet-trikka erishgan yagona futbolchi bo'ldi. Bundan tashqari hujumchi uchta o'yinda dubl rasmiylashtirdi. "Qizilqum" bu yil 38ta to'p kiritdi, shulardan 21tasini (gollarning 56 foizi) Vahobov raqib darvozasiga kiritgan.



Igor Sergeev ("Paxtakor") - 23ta gol
"Paxtakor" klubining 23 yoshli hujumchisi Igor Sergeev bu yil 23ta gol urib O'zbekiston chempionati to'purariga aylandi. Oldingi 4ta mavsumda 52ta o'yinda 16ta gol urgan Igor bu yil 30ta bahsda 23ta to'p kiritishga erishdi. Hujumchi bu yil "Buxoro" bilan o'yinda xet-trikka erishdi. Besh marta dubl rasmiylashtirdi. Sergeevning oliy ligada urgan jami gollari soni 39taga etdi. Igor Sergeev nafaqat "Paxtakor" safida balki milliy terma jamoada ham to'purarlik mahoratini namoyish etib bormoqda. Yurtimizda shunday hujumchi o'sib kelayotgani barchamizni quvontirishi tabiiy.
 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика