So’nggi yangiliklar

19:10"Футбол ТВ" ва "Спорт" топ-чемпионатлардан бирининг намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  7 18:38"Ливерпуль" "Атлетико" юлдузини сотиб олишни режалаштирмоқда  2 18:18Пролига. "Локомотив" - "Арал". Асосий таркиблар маълум!  0 18:04Биринчи лига. "Дўстлик" ёшлар билан дадил одимламоқда   0 17:28Хави Анчелоттига бўлаётган танқид ҳақида: "Испанияда босим жуда катта"  5 16:51Аёллар. Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё кубогида Австралияни мағлуб этди  4 16:11Шерзод Аъзамов: "Дориев "Сўғдиёна"га келганида 30 минг доллар маош олган экан"  11 15:28Германия супер клуби Нико Уильямсни сотиб олмоқчи  2 15:00Неймар жароҳатини даволаш учун кунига 11 соатгача машқ қилмоқда. "Сантос" ҳужумчи билан шартномани узайтириш масаласини муҳокама қилади  29 14:31U-15 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистондан устун келди  8 14:18Нуньесга итальян гранди қизиқмоқда. "Ливерпуль" ҳужумчи учун 50-55 млн евро ва бонуслар хоҳлайди  1 13:42Конте "Наполи" бош мураббийлигидан кетиб, "Ювентус"ни бошқариши мумкин  3 13:14Лондон гранди "Ипсвич"га Делап бўйича таклиф билан чиқди  1 12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0

Oliy liga. 13-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 13-tur ramziy terma jamoasi

Kuni kecha oliy ligada 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon
Suhrobjon Sultonov ("Metallurg")


Darvozaga "Metallurg" klubi posboni Suhrobjon Sultonovni tanladik. Ushbu posbon kecha "Navbahor" bilan bahsda ajoyib harakat qildi. "Lochinlar" ustozi Aleksandr Volkov tabiri bilan aytganda "mo'jizalar yaratdi".



Himoyachilar
Elyor Orifov ("So'g'diyona")
Alisher Samatov ("Neftchi")
Evgeniy Gogol ("Olmaliq")
Umar Eshmurodov ("SHo'rtan")

"So'g'diyona" vakili Elyor Orifov "Buxoro" bilan uchrashuvda faol bo'ldi. Jizzax klubi o'z maydonida kuchli raqib bilan 0:0 o'ynadi. Orifov sheriklariga o'rnak bo'ldi.

"Neftchi" himoyachisi Alisher Samatov Qarshining "Nasaf" klubi bilan bahsda o'z qanotida yaxshi harakat qildi. Bundan tashqari aynan uning pasidan so'ng Murod Bobojonov gol urishga erishdi.

"Olmaliq" o'z maydonida "Obod"ni mag'lub etdi. SHu kuni maydon egalari safida Evgeniy Gogol boshqalardan ko'ra yaxshi o'ynadi. Bosh murabbiy Igor SHkvirin o'yindan keyin rossiyalik legionerni alohida takidlab o'tdi.

"SHo'rtan" sensacion tarzda "Paxtakor"ni taslim qilgan bahsda mezbonlar tarkibida Umar Eshmurodov faol harakat qildi. O'tgan turda gol urgan himoyachi "sherlar"ga hujum qilishlariga deyarli imkoniyat qoldirmadi. 


 
Yarim himoyachilar
Ruslan Melziddinov ("Buxoro")
Jamshid Hasanov ("Mashal")
Dostonbek Hamdamov ("Bunyodkor")

"Buxoro" bu turda safarda "So'g'diyona" bilan o'ynadi. Hisob ochilmagan bahsda mehmonlar yarim himoyachisi Ruslan Melziddinov yaxshi harakat qildi.

"Mashal" Muborakda "Qo'qon-1912" ustidan g'alaba qozondi. SHu kuni maydon egalari vakili Jamshid Hasanov yaxshi o'ynadi. Aynan u bahsdagi birinchi golga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda ham faol harakat qilgan Hasanov ramziy terma jamoaga kiritildi.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov "Andijon" bilan uchrashuvda dastlab SHaker Zuagiga golli pas oshirdi, keyin o'zi raqib darvozasiga to'p kiritdi. 



Hujumchilar
Zafar Polvonov ("SHo'rtan")
Bobur Abduxoliqov ("Nasaf")
Zohid Abdullaev ("Metallurg")


Tur qahramoni "SHo'rtan" klubi hujumchisi Zafar Polvonov "Paxtakor" bilan bahsda 3ta gol urishga erishdi. Hujumchi ketma-ket to'rtinchi o'yinda to'p kiritdi.

"Nasaf"ning yosh hujumchisi Bobur Abduxoliqov "Neftchi" bilan o'yinning 1-daqiqasidayoq gol urdi. Bundan tashqari bir necha vaziyatda xavfli hujum tashkil qildi.

"Metallurg" to'purari Zohid Abdullaevning urgan goli Bekobod klubiga tarixiy g'alabani keltirdi. Jamoa kecha o'z tarixida Namangandan ilk bor g'alabaga erishib qaytdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика