Oliver Kan: "Roys uchun 25 mln evro? Yirik klublar uchun bu kulgili mablag'"
28 jan 2015 19:43
Yangiliklar


Oliver Kan: "Roys uchun 25 mln evro? Yirik klublar uchun bu kulgili mablag'"
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kanning hisoblashicha, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys tez orada o'z jamoasini tark etadi.
25 yoshli futbolchining shartnomasidagi badal puli 25 mln evroni tashkil qiladi.
"Borussiya" Roysni olib qolishga qiynaladi. CHunki jamoa evrokuboklarda ishtirok etmasa kerak. Agar klub Roysdan badal pulini olib tashlasa, futbolchini jamoada olib qolsa bo'ladi. Agar bu ro'y bermasa Roys ketadi. Yirik klublarga 25 mln evrolik badal puli kulgili tuyuladi" - deydi Kan.

Fikrlar