"Bavariya" afsonasi katta pul sarflasa-da, ECHLni yutolmayotgan francuz klubi haqida gapirdi
05 iyu 2021 20:50
Yangiliklar
"Bavariya" afsonasi katta pul sarflasa-da, ECHLni yutolmayotgan francuz klubi haqida gapirdi
Germaniyaning "Bavariya" klubi bosh direktori Oliver Kan klubning yangi mavsumdagi maqsadlari to'g'risida gapirdi.
"Biz yulduzlar va yoshlar bilan birga jahon darajasidagi futbol namoyish qilmoqchimiz. Germaniya chempionatida ketma-ket 10 marta g'alaba qozonish o'ziga xos natija bo'ladi. Evropa turnirlarida ham g'olib bo'lishni xohlaymiz. Buning uchun bizda yaxshi imkoniyat borligiga aminman. Biz CHempionlar Ligasida g'olib chiqishni xohlaymiz. "Bavariya"ning hozirgi tarkibi unda g'alaba qozonishi mumkin. Muvaffaqiyatimizning sababi — jamoada raqobatdoshlikning ustunligidir. PSJ katta sarmoya kiritmoqda, ammo hali CHempionlar Ligasida g'olib chiqmadi. Men xavotirga tushmayapman", — deydi sobiq darvozabon.
Fikrlar