Oliver Kan: "Oltin to'p"ni ololmagani Riberiga og'ir zarba bo'ldi"
25 apr 2014 11:38
Yangiliklar
Oliver Kan: "Oltin to'p"ni ololmagani Riberiga og'ir zarba bo'ldi"
"Bavariya" klubi sobiq posboni Oliver Kan Frank Riberini tanqid qildi.
– Riberi – kayfiyat futbolchisi, – deydi Kan Bild nashriga. – Bu muammoni hal qilish uchun u bilan suhbat o'tkazish kerak. O'ylashimcha, "Oltin to'p"ni ololmagani Riberiga og'ir zarba bo'ldi. O'tgan yil deyarli barcha narsani yutsa ham o'zi eng yaxshi deb tan olinmadi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham barcha futbolchilar avvalo "Bavariya" haqida o'ylashlari kerak.
Fikrlar