So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  3 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  6 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  17

Oliver Kan: “Noyer darvozabonlar o'yinini yangi darajaga ko'tardi” Yangiliklar

Oliver Kan: “Noyer darvozabonlar o'yinini yangi darajaga ko'tardi”

Oliver Kan darvozabonlar orasida jahon chempionatida eng yaxshi futbolchi deb topilgan yagona hisoblanadi.


2002 yil shunday sovringa sazovor bo'lgan yilning eng yaxshi o'yinchisi mukofotida Ronaldoga imkoniyatni boy bergan. SHunga qaramay, u asosiy davogarlardan biri sifatida tilga olingandi. Germaniyaning 8 karra chempioni sanalgan Kanning izdoshi sifatida Noyer ko'rsatiladi. U ham o'tgan yili eng kuchli uch futbolchi qatoridan o'rin egalladi. Sobiq darvozabon yaqinda bergan intervyusida shu kabi holatlarga fikrini bildirdi.


- 2014 yil jahon chempionatidagi g'alabadan keyin ro'yxatdan 5 nafar nemis futbolchisi joy oldi. Ular orasida Noyer ham bor edi. Yakunda Ronaldu g'alaba qozondi. Bundan xafa bo'ldingizmi?

-Taqdirlash marosimidan avval Manuelning nomi Germaniyada barchaning tilida edi. Lekin xorijdagi ko'pchilik odamlar har doim ham “Oltin to'p”ga nima uchun darvozabon davogar bo'lishini to'liq tushunishmaydi. Menimcha, darvozabon va o'yinchilarga bu mukofotni alohida topshirish kerak. O'shanda darvozabonlar bunday holatga duch kelishmaydi va bu kabi munozaralar kelib chiqmaydi.

-Nega xorijda darvozabonlarning kuchli uchlikka kirishini tushunish boshqacha?

- Germaniyada posbonlar yuqori baholanadi. Biroq oxirgi paytlarda boshqa joyda ham ularning yordamisiz katta g'alabalarga erishib bo'lmasligini bilib olishdi. SHunga qaramay, Evropada bu poziciya vakillari Janubiy Amerikadagiga nisbatan yuqori baholab kelinadi.

- 2002 yil siz shunday ahvolga tushgansiz. O'shanda Ronaldo g'olib chiqqandi. Manuel uchun o'tgan yili qayg'urdingizmi?

-O'shanda bazi sabablar tufayli sovrinni olishni orzu qilishim mumkin edi xolos. Jahon chempionatida eng yaxshi bo'lgandim, biroq yakunda uchlikka kirish darvozabon uchun deyarli xayoliy voqea.

-2002 yil mundialda Germaniya g'alaba qozonganda “Oltin to'p”ni olishingiz mumkinmidi?

-Bu imkoniyatni oshirgan bo'lardi. Agar sizda yil davomida jahon Kubogi, Evropa chempioni yoki ECHL Kubogi bo'lsa, bu tanlovga tasir o'tkazadi. Yoki qancha gol urishingiz. SHu sababli doimo Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi undan o'rin oladi. Albatta, bu o'yinchilar hamisha muxlislarga quvonch ulashib keladi. Men darvozaga turgan paytlarda ham shunday edi. Zidan futbol o'ynagan paytda barcha yovvoyi rohatlanishni tuyardi.

- Cizda bir qator shaxsiy sovrinlar mavjud, lekin hamisha jamoaviy o'yin muhimligiga etibor qaratgansiz. O'sha mukofotlar siz uchun nimani bildiradi?

-Ularni ortga qaytarmagan bo'lardim, albatta (kuladi). Ularni jamoa nomidan qabul qilishim muhimroq bo'lgan. Agar “Manchester Yunayted”, “Barselona” yoki “Bavariya” kabi kuchli klublarda o'ynamasang, bunday mukofotlar yutishga imkoniyating katta emas. SHuning uchun har doim shaxsiy sovrinlarimni yutishda jamoadoshlarim yordam berganini ko'rsatish muhim edi. Bazida men ularni, bazan ular meni qutqargan. Futbolda shunday bo'ladi.

- Germaniya termasi muvaffaqiyati jamoa bilan bog'lanadi. Bu shaxsiy sovrinlar haqida gap ketganda muammo keltirishi mumkinmi? Bunday kuchli jamoadan biror o'yinchini ajratib ko'rsatish qiyinmi?

-Terma jamoada ko'plab professionallar bor, biroq bizda Ronaldu yoki Messi yo'q. Terma jamoa tarkibi uyg'unlikka ega. Mario Gyotce yoki Mesut Ozil kabi texnik mahorati kuchli futbolchilar jamoaviy o'yinga moslashgan. Qolganlar alohida ajralib turmasa-da, ular o'ziga muhim ishni oladi va jahon chempionatida futbolchilarni yo'naltirish ajoyib tus oldi. Bu jihat Argentina kabi bir o'yinchiga etibor beradigan jamoalarga qarshi o'yinda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Germaniyada bunday futbolchi yo'q. Lekin men kimdir boshqalardan yaxshiroq bo'lgan deb xato qilmoqchi emasman. Jahon chempionatida kuchli Germaniya terma jamoasi yuzaga keldi.

-Bu yil Noyer uch nafar germaniyalik futbolchi bilan birga nomzodlar qatorida. Unda imkoniyat bormi?

-Gap yana katta sovrinlar haqida ketmoqda. “Barselona” CHempionlar Ligasini yutdi, “Yuventus” finalda o'ynadi. Kim ko'proq gol urgani ahamiyatga ega bo'ladi. Garet Beyl, Tomas Myuller, Manuel Noyer, Neymar (o'ylanadi).Bilmayman. Baribir yana mavsumni yaxshi o'tkazgan Messi va ko'plab gollar urgan Ronaldudan biri tanlansa kerak. Taxminimcha, yana o'zini eng kuchli deb aytayotgan Ronaldu g'olib chiqadi. Uni kim ayblashi mumkin? Aren Robben men uchun hamisha ajoyib natija ko'rsatadigan, biroq jarohat bilan bog'liq muammoga ega futbolchi. Hozircha “Bavariya” “Real”, “Barselona” yoki “Manchester Yunayted” darajasida mashhur emas. Bundesliga hozir jahon uchun katta darajada emas. Bu ham qaror qabul qilishda ahamiyat kasb etadi. O'zim kam ko'radigan o'yinchini qanday qilib tanlayman? SHuning uchun Toni Kroos kabi “Real”dek jamoada o'ynaydigan nemis futbolchilariga hamisha qiyin.

- O'zingizni Noyer bilan qanday taqqoslagan bo'lardingiz?

-Ikki turli avlodni solishtirishni yoqtirmayman, har birida o'ziga xos talablar bor. Manuel – darvozabonlar o'yinini yangi darajaga olib chiqqan top o'yinchi, hamisha tavakkal qiladi va maydondagi 11-futbolchidek o'sib boradi. Texnikasi yuqori, chap va o'ng oyoqda birdek o'ynaydi. Qiyin vaziyatlarda jamoadoshlari uni o'yinga jalb qilishlari mumkin. Bu himoya uchun katta imkoniyat. Bundan tashqari, u ko'pincha jarima maydon tashqarisida to'pga o'ynashga intiladi. Hozircha u hal qiluvchi o'yinlarda xatoga yo'l qo'ymadi. Bu uning o'yin uslubi. Bu men paytimda paydo bo'lgandi. Manuel uni takomillashtirdi.

- Noyerda qandaydir kamchiliklar ko'rasizmi?

-Jiddiy kamchiliklari yo'q. U yuqori saviyada ishlashda davom etmoqda, menda ham shunday bo'lgan. Darvozabon o'yini alohida jihatlarini yaxshilab borishga qaratiladi. Manuel qanotlarda ham faol o'ynashga intiladi. Bazida xatolar ro'y beradi, bu oddiy holat. U yuqori darajada ishlashda va shunday o'ynashda davom etishi lozim. Noyer kabi futbolchilar uchun chaqiruvdir.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика