Olive Jiru: “Endigi maqsadim –Platinini quvib o'tish”
24 mar 2019 09:50
Yangiliklar


Olive Jiru: “Endigi maqsadim –Platinini quvib o'tish”
Terma jamoa safida gol urish borasida David Trezegega etib olgan Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiruning aytishicha, keyingi maqsadi Mishel Platining natijasini takrorlash.
“Gollarimni jamoam manfaatidan hech qachon ustun qo'ymayman, ammo gol urish baribir yoqimli holat.
Trezegeni quvib o'tishim quvonarli. Uning saviyali hujumchi ekanligini barcha biladi. O'z vaqtida to'purarlik qobiliyatini namoyish etgan. Men yanada ko'proq gol urishimga ishonaman va shunga harakat qilaman. Endigi maqsadim Platiniga etib olishmi? Ha, bu oldimda turgan navbatdagi maqsad”, deydi Jiru.
Franciya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Jiru uchinchi o'rinni Trezege (34 gol) bilan bo'lishib turibdi. Ro'yxatni 51 gol bilan Terri Anri boshqarayotgan bo'lsa, Mishel Platini 41 gol bilan ikkinchi pog'onani band etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar