So’nggi yangiliklar

23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  5 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  6 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8

Olimpiya terma jamoasi 19 – 28 dekabr kunlari Dubayda navbatdagi yig'inini o'tkazadi Yangiliklar

Olimpiya terma jamoasi 19 – 28 dekabr kunlari Dubayda navbatdagi yig'inini o'tkazadi

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 19 – 28 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ikkinchi o'quv – yig'in jarayonini olib boradi.

Kelasi yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAdagi dastlabki yig'inni 2 – 14 dekabr kunlari Ajmanda o'tkazgandi. Yig'in davomida ular “Ajman”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida yirik - 4:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Yana bir nazorat uchrashuvida Yaponiya olimpiya terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang qayd etilgan.

Ikkinchi yig'ida jamoa uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.

O'rtoqlik uchrashuvlari:
20 dekabr – KXDR
23 dekabr – Suriya
27 dekabr – Qatar

Quyida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining navbatdagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini keltirib o'tamiz

Darvozabonlar: Abdumavlon Abdujalilov (“Neftchi”), Javohir Ilyosov (“Mashal”), Asilbek Omonov (“Paxtakor”)

Himoyachilar: Sardor Rahmonov (“Neftchi”), Akrom Komilov (“Bunyodkor”), Maksimilian Fomin (“Buxoro”), Javlon Mirabdullaev (“Metallurg”), Abdulloh Olimov (“Paxtakor”) Doston Tursunov (“Neftchi”), Muxsin Ubaydullaev (“Paxtakor”) Vladimir Kozak (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”), Otabek SHukurov (“Buxoro”), Doniyor Ismoilov (“Olmaliq”), Jamshid Boltaboev (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Jahongir Abdumo'minov (“Olmaliq”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Quvondiq Ro'ziev (“Lokomotiv”), Husniddin G'ofurov (“Yavor” - CHexiya), Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”)

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Jasur Hakimov (“So'g'diyona”), Temur Hakimov (“Oqtepa”)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика