So’nggi yangiliklar

08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  0 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  2 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  42 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  14 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  2 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2

"Olimpik" tajribali futbolchilarga ehtiyoj sezyaptimi yoxud yoshartirish va "Surxon"ning tarkib shakllantirish siyosati Yangiliklar

"Olimpik" tajribali futbolchilarga ehtiyoj sezyaptimi yoxud yoshartirish va "Surxon"ning tarkib shakllantirish siyosati

"Olimpik" jamoasining bu yilgi natijalari qaysidir manoda maqtagulik emas. Jamoa so'nggi marotaba chempionat doirasida may oyida g'alaba qozongan.

"Olimpik"

Bu "Olimpik" kechagi yoki 2 yil oldingi jamoa emas. To'g'ri Kapadze qo'l ostida ular malum bir o'sishga erishdi, yangi darajaga chiqdi. Lekin bu ular uchun planka bo'lib qolmoqda. Nima uchun? CHunki ular raqobatni his qilmayapti. Birinchi davra davomida bu narsa yaqqol ko'zga tashlandi. Buni Kapadzeni o'zi ham bir necha marotaba takidlagan. Futbolchi qachon o'sadi, qachonki jamoani ichida o'zidan katta, tajribali futbolchilar bo'lsagina. SHundagina raqobatni his qiladi. "Olimpik" kamida 3-4 nafar tajribali ijrochiga ehtiyoj sezayotgandek ko'rinmoqda. Ayniqsa darvoza chizig'iga bu ayni muddao. Tarkibi butunlay yoshlardan iborat jamoa bilan barqarorlikka erishib bo'lmaydi va mavsumni bir tekisda o'tkazish mushkul ish. Bular xuddi shu tarzda ertaga terma jamoaga boradi.  U-17dan U-23gacha faqat yoshlarni o'zi bilan raqobatsiz etib borish bilmadim qanday natija beradi? Bu bilan "Olimpik" loyihasini erga urish niyatim yo'q. Mayli ko'raylik natijasini. Lekin ularning safiga bir nechta yoshi katta, hayot pilla poyasini ko'rgan futbolchilardan jalb qilish foydadan holi bo'lmaydi. 

Agarda natijalarga razm soladigan bo'lsak, o'tgan yili birinchi davradan so'ng Kapadze shogirdlari 14 ochko bilan 8-o'rinda yakunlagan. Bu yil 16 ochko bilan birinchi davrani 9-o'rinda tugatdi. Katta tafovut yo'q. 

To'g'ri siyosat olib borayotgan "Surxon"

Mavsum boshida tarkibni yig'ish jarayonida "Surxon"ni ikkinchi "Olimpik"ka qiyoslangandi. Lekin tarkib yoshartiriladi degani bilan butunlay 100 foiz yoshlar qamrab olinmadi va ularning orasiga tajribali futbolchilar, legionerlar qo'shildi. Bu esa katta faktor hisoblanadi. Yoshlar raqobatda o'zidan kattalarga qarab harakat qiladi, intiladi. Futbolda umuman hamma sohada "dedlar" degan gap bor. Ular kerak bo'lganda yoshlarni yo'lga soladi, quyushqondan chiqib ketganlarga maslahat beradi umuman tartibni ushlab turish, "razdevalka" uchun bu muhim. Termizliklarning barqarorligi murabbiylar va rahbariyat tarkibni shakllantirishda to'g'ri siyosat olib borganida. 

Bitta misol keltiraman, 2000 yillar boshida "Paxtakor" Nesterov, Geynrix, Kapadze, Anvar G'ofurov, Krushelnickiylar kelgan pallada jamoada Ashurmatov, Quttiboev, Qosimov, Koshelev kabi nomlar tajribalilar bor edi. Jeparov Qosimovning yonida ancha o'sishga muvaffaq bo'ldi. Jarima zarbalarini Qosimovdan keyin Server zimmasiga oldi. Bu aynan o'shaning mevasi edi. Sasha o'sha mavsum 23ta , Kapadze 20ta, 20 yoshga to'lmagan Bikmaev 7ta, Samarqanddan kelgan Nesterov 18ta o'yinda maydonga tushgan. 

"Nesterov yosh bo'lishiga qaramasdan raqobatda Butenkodan ustun kelgan edi. 2004 yil Marat Bikmaev yosh bolakay edi. 17 yoshga endi to'lgan. Lekin biz uni maydonga tushirishga “dux” topa olganmiz. O'sha paytlar u jamoamiz o'yinini o'zgartirib yubormasdi. Lekin biz uni asosiy tarkib bilan yurishga, echinish xonasi va maydon yukini ko'tarishni sekin-asta o'rgata boshlaganmiz. 2002 yil hammani ketkazib yubormagan edik. Ashurmatov, Koshelev, Soliev kabi futbolchilarni saqlab qolganmiz",- degan edi Agamurodov.


2018-2019 yillar "Bunyodkor" uchun qiyin davrlar edi. Kattalar hattoki klubni yopish payiga tushib qolgandi. Tarkibda hech kim qolmagan, hamma ketib bo'lgan. Faqat akademiya tarbiyalanuvchilari va tajribalilardan Anvar G'ofurov, Murod Zuhurov qolgan. Vadim Abramov esa ularning qatoriga Lutfulla To'raevni kiritdi. Ikkinchi davrada Sanjar Tursunov, SHohruh Gadoev qo'shildi. O'sha yili "Bunyodkor" o'z tarixida ilk bor bronzaga ega chiqqandi. Ishoning jamoada yoshi kattalarni o'rni juda muhim.  O'sha yili fan-klub telegram kanalini yuritish davomida jamoani ichida shaxsan o'zim bunga guvoh bo'lganman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика