So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

"Olimpik" jamoasi boshqa klublarga o'tayotgan futbolchilarini ortga qaytarmoqda Yangiliklar

"Olimpik" jamoasi boshqa klublarga o'tayotgan futbolchilarini ortga qaytarmoqda

Xabaringiz bor, ushbu transfer oynasida "Olimpik" o'yinchilari ko'plab jamoalarning jiddiy qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Oxirgi paytlarda aynan shu jamoa azolari xaridorgir bo'lib qolgandi.

Ammo, "Olimpik" klubi rahbariyati olimpiya terma jamoamizni oldinda jiddiy musobaqa kutib turgani bois boshqa jamoalarga qo'yib yuborilishi kutilgan futbolchilarini ortga qaytarishga qaror qilgan. OTJ Timur Kapadze boshchiligida ketma-ket yig'inlar o'tkazadi va futbolchilar yangi klubga o'tgan taqdirda ham kamida yozgacha jamoasiga yordam berolmasligi mumkin. SHularni inobatga olgan holda o'yinchilar kamida yozgacha "Olimpik"da qolishi kutilmoqda. O'tgan yili o'ynaganlardan Jasur Jaloliddinov "Neftchi"ga o'tdi, Temur Mamasiddiqov esa "Lokomotiv"ga qo'yib yuborildi.

Abdurauf Bo'riev, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev va yana bazi o'yinchilarning ehtimoliy transferi hozircha to'xtatildi. SHu kunlarda "Navbahor" bilan Turkiyada yig'inda ishtirok etayotgan Alisher Odilov hamda Saidazamat Mirsaidov tez orada "Olimpik" ixtiyoriga qaytib kelishadi.


SHuni qo'shimcha qilishimiz kerak-ki, mabodo "Olimpik"ning boshqa klublar bilan kelishib bo'lgan va shartnomaga imzo qo'yish arafasida bo'lgan futbolchilariga bunga ruhsat berilgan taqdirda ham ular kamida yarim mavsumga ijara asosida ortga qaytishi mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика