So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  0 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

"Olimpik" futbolchisi Temur Mamasidiqov: "Taktikani o'zgartirganimiz samara berdi" Yangiliklar

"Olimpik" futbolchisi Temur Mamasidiqov: "Taktikani o'zgartirganimiz samara berdi"

Toshkentning "Olimpik" jamoasi Pro liganing navbatdagi turida o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lubiyatga uchratdi (3:0).

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning iqtidorli futbolchilaridan biri Temur Mamasidiqov fikrlarini bildirib o'tdi. 

- O'yin hakida ikki og'iz fikringiz?

- “Neftchi” kuchli ekanligini bilardik. SHuning uchun birinchi bo'limda ularning taktikasiga moslashishga xarakat qildik, deya olaman. Ularning taktikasini bilib olib, o'zimizning taktikamizni biroz o'zgartirdik va bu natija berdi.

- Birinchi bulimda “Olimpik” ikkinchi raqam ostida harakat qildi. Ikkinchi bo'limda raqib charachaganini sezib qarshi xujumlar uyushtirdi va to'pn to'liq nazorat qildi. Bu murabbiyning kursatmalari edimi yoki uyin suratidan kelib chiqib shunday o'ynadinglarmi?

- Ha raqib ko'p hujum tashkil qildi.  Bizning maqsadimiz qarshi xujumda raqibni jazolash edi. CHunki murabbiyimiz shunday kursatmalar bergandi.

- Mana “Neftchi” yirik hisobda mag'lub etildi. Maqsad chempionlikmi?

- Albatta bizni oldimizga  “Dinamo” va “Neftchi”ni quvib o'tib chempion bo'lish maqsadi quyilgan. Mana “Neftichi” ni yutdik va ochkolarimiz deyarli tenglashib oldi. Maqsad Superligaga chiqish.

- Sizda ikki marta golli vaziyat bo'ldi. Biroq vaziyatlardan foydalanishda oqsadingiz. Gol urish ishtiyoqi shunchalik kuchli edimi?

- Ha menda gol urish uchun juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Gol urishga ishtiyoqim juda baland edi. Boisi uyimdagilarga gol uraman, deb vada bergan edim. Bugun gol ura olmadim, muhimi jamoam g'alabasi.

Uchqun Azimov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика