Temur Mamasidiqov: "Tanaffus vaqtida Timur Kapadze bizga juda katta motivaciya berdi"

Narzulla Saydullayev
29 mar 2021, 13:04
28 mart kuni O'zbekiston Pro ligasi doirasida 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Toshkentda "Olimpik" jamoasi o'z uyida "Oq-tepa" klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning birinchi goli muallifi va o'yin davomida yaxshi o'yin ko'rsatgan Temur Mamasidiqov bahsdan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Temur aka, Pro ligadagi ilk g'alaba bilan tabriklaymiz. Dastlab o'yin haqida fikrlaringiz...

- Biz juda ham ko'p ruhiy tayyorgarlik ko'rdik. O'tgan turdagi durangdan keyin g'alaba qozonish bu yaxshi. Menimcha, o'yinga ruhiy jihatdan tayyorligimiz evaziga g'alaba qozondik.

- 1-bo'limda jamoa ko'p bora yaxshi hujumlar qildi, lekin ulardan foydalana olmadi. 2-bo'limda esa vaziyatlardan yaxshi foydalanildi. Tanaffus vaqtida bosh murabbiy qanday ko'rsatmalar berdi?

- Tanaffus vaqtida murabbiy bizga juda katta motivaciya berdi. "Bu bizning o'yin, yutish kerak", dedi. Vaziyatlardan foydalansak, o'yinimiz ochilib ketishini aytib o'tdi. Va biz vaziyatlardan unumli foydalandik.

- Jamoada hamma futbolchi yosh, shuningdek, turli xil jamoalardan kelgan. Jamoada ichki holat qanday?

- Ichki holat juda ham ajoyib. Sharoit ham zo'r. Bizni hozirdan Olimpiadaga tayyorlashmoqda. Klub ham shuning uchun ochildi.



Og'abek Samisov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia