So’nggi yangiliklar

12:44"Реал"нниг икки футболчиси "Барселона" қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 12:25Рой Кин: "Рэшфордни тўхтатиб қолишнинг деярли имкони йўқ"  1 11:46Асилбек Алиев — ФИФА эътирофида  17 11:23Анчелотти: "Гюлерга курашларда куч етишмаяпти"  6 10:45Пролига. Бугун 4-турга старт берилади  0 10:12Винисиус «Реал»даги келажагига бир қарор келди  2 09:40«Ал Насср» африкалик футболчига 100 миллион таклиф қилишга тайёр  5 09:06«Реал»нинг икки футболчиси кеча жароҳат олди ва «Барселона»га қарши ўйнамаслиги мумкин  13 08:37Кевин Де Брюйнега АПЛнинг бешта клуби қизиқиш билдирмоқда  5 08:12Алиқулов Туркия чемпионатининг 32-тур рамзий терма жамоасидан жой олди  2 07:41Педру Морейра: "Биз мусобақа ва рақибни ҳурмат қиламиз"  0 07:10 АПЛ. "Арсенал" навбатдаги учрашувида дуранг ўйнади. "Ливерпул"нинг чемпионлигига бир очко қолди  8 03:35Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб этди  17 03:26Нодир Абдураззоқов: "Бундай ғалабани ҳеч қаердан топиб бўлмайди"  5 03:23Авазбек Ўлмасалиев: "ОКМК учун камбэк янгилик эмас, бу "Реал" каби одатий ҳолга айланган"  13

Olimpik futbol klubining umumiy boshqaruvi MOQ raisi o'rinbosari Saken Polatovga topshirilmoqda Yangiliklar

Olimpik futbol klubining umumiy boshqaruvi MOQ raisi o'rinbosari Saken Polatovga topshirilmoqda

"Olimpik" klubi boshqaruvida o'zgarish.

"Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish maqsadida tashkil etilgan «Olimpik» futbol klubi joriy mavsum Coca Cola Superligasida o'zining yorqin o'yinlari bilan minglab muxlislar qalbini zabt etib kelmoqda.

Jamoa faoliyatini yanada kuchaytirish, oldinga qo'yilgan vazifalarni puxta amalga oshirish yo'lida klubga yangi rahbar tayinlandi.

Unga ko'ra, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov «Olimpik» klubi prezidenti sifatida jamoaning umumiy boshqaruvini yuritadi. Saken Djetibaevich o'zining «Lokomotiv» klubidagi faoliyati bilan futbol sohasida boy katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

U «temiryo'lchilar» bilan 3 bor mamlakat chempionligini (2016, 2017, 2018) qo'lga kiritgan. SHuningdek, yana 3 marta O'zbekiston kubogi (2014, 2017,2018) bahslarida g'alaba qozongan. Jamoa uning boshqaruvida 2016 yil Osiyo chempionlar ligasida chorak finalgacha etib borgan.

SHu tariqa Saken Polatovga yana bir muhim missiya – «Olimpiyachilarimiz» bilan Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi yuklatilmoqda. 1-19 iyun kunlari mamlakatimizda o'tkazilgan U23 Osiyo kubogida yoshlarimizning finalgacha etib borgani bu yo'lda olib borilayotgan ishlar qanchalik to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat bermoqda. Ishonamizki, Saken Djetibaevich boshqaruvida «Olimpik» yanada kuchayib, o'zbek futboli muxlislarini xursand qilishda davom etadi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Saken Polatovga yangi va masuliyatli lavozimda oldinga qo'yilgan vazifani uddalashda kuch-g'ayrat va omad tilaydi", — deyiladi xabarda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика