So’nggi yangiliklar

21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  0 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  4 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  20 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  4 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  13 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  117 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1 19:12МЮ асосий футболчиси тез орада жамоа машғулотларига қайтади  0 18:44Аббос Файзуллаев жароҳат олди  7 18:10Элдор Шомуродов Азиз Ҳайдаровга етиб олди   4 17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  1 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчиларидан бирини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  6 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1

OLIMPIADAGACHA. Akrom Komilov: "Ispaniya individual kuchli, lekin o'zbekistonlik yigitlar hech kimdan qolishmaydi" Yangiliklar

OLIMPIADAGACHA. Akrom Komilov: "Ispaniya individual kuchli, lekin o'zbekistonlik yigitlar hech kimdan qolishmaydi"

Bir necha soatdan so'ng Parijda Olimpiadaning futbol uchrashuvlari start oladi.

Vakillarimiz Ispaniyaga qarshi bahs bilan musobaqani boshlaydi. Mazkur o'yin oldidan o'z vaqtida O'zbekiston OTJ safida qita chempioni bo'lgan Akrom Komilovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Birinchi navbatda yigitlarni Olimpiadaga chiqqani bilan tabriklayman. Ular bunga munosib edi. Men ham bir necha yillar oldin OTJ tarkibida musobaqa saralashida ishtirok etganman. Tarkibimiz kuchli bo'lganiga qaramay omadimiz kelmagan. Bu avlod esa yillar davomida yaxshi rivojlanishga erisha oldi. Ularga maksimal darajada qulayliklar yaratib berildi. Katta futbolda 3-4 yildan buyon o'ynashmoqda. Bu futbolchilarimizning ustun tomoni hisoblanadi. 

Ispaniya bilan imkoniyatlarimiz 50/50 degan bo'lardim. Bu yoshdagi terma jamoalar bilan O'zbekiston tengma-teng harakat qila oladi. To'g'ri, ularda individual kuchli futbolchilari bor. Lekin bizda ham ulardan qolishmaydigan kuchli ijrochilar jamlangan. O'ylaymanki, olimpiyachilarimiz bugun muxlislarni xursand qilishadi. 

Bunday turnirlarda xarakter ko'rsata olgan jamoalar uzoqroqqa bora olishadi. Qaysidir terma jamoani ajratib ko'rsata olmayman. 

Parijda Eldor SHomurodov, Oston O'runov, Abduqodir Husanov, Jasur Jaloliddinovdan ko'p narsa kutyapman. Ular terma jamoani oldinga etaklay oladi. Barchaga omad tilayman",- deydi Akrom Komilov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика