So’nggi yangiliklar

11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  17 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  1 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  1 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  9

Olimpiada yo'llanmasi cho'ntakda shekilli?! (Mulohaza) Yangiliklar

Olimpiada yo'llanmasi cho'ntakda shekilli?! (Mulohaza)

Teglar :  O'zbekiston OTJ
O'zbekiston olimpiya terma jamoasini yanvarda juda muhim musobaqa kutib turibdi. Futbolchilarimiz Qatarda bo'lib o'tadigan U-22 Osiyo chempionatida ishtirok etishadi.

Bunda birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Olimpiada o'yinlari yo'llanmasiga ega bo'lishadi.

Endilikda Olimpiada o'yinlari uchun Osiyo qitasi alohida saralash bosqichini tashkil qilmaydi. U-22 Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan jamoalar to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lishadi. SHunday ekan, mazkur musobaqaning muhimligi ikki karra ortadi. Olimpiya terma jamoamiz hozirda aytarli hech narsa bilan band emas. O'FF bergan malumotga ko'ra, 9-13 oktyabr kunlari Toshkentda yig'in tashkil etiladi. Va katta ehtimol bilan yig'inni olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Jalilovning shaxsan o'zi o'tkazadi.

Olimpiyachilarimiz sentyabrda Slovakiyaga borib, to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib kelishdi. Aslida u erda mini-turnir bo'lishi lozim edi, ammo ayrim sabablarga ko'ra turnir o'tkazilmadi. Natijada o'rtoqlik o'yinlari bilan kifoyalandik. Endilikda oktyabr oyida yig'in bo'ladi va futbolchilar faqat mashg'ulot bilan cheklanib qolmay, oliy liganing birorta klubiga qarshi nazorat bahsini o'tkazishsa kerak.

Baxtiyor Ashurmatovdan so'ng Viktor Jalilov ayni paytdagi jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi. Lekin Viktor Romanovich olimpiyachilarimiz bilan hali tuzukroq tanishib olgani ham yo'q. CHunki Slovakiyaga bormadi, murabbiy milliy terma jamoa bilan bo'lishni lozim topdi. Jalilov hozir Bahraynda bo'lib turibdi va shundan so'ng olimpiya terma jamoamizga vaqt ajratadi. Hozir esa u kishini bezovta qilmagan maqul.

Futbolda har bir terma jamoaning o'z maqsad va vazifalari bo'ladi. Milliy terma jamoamiz oldiga qo'yilgan maqsad aniq: 2018 yilgi jahon chempionatiga borish. Va ushbu yo'llanmani qo'lga kiritish uchun Samvel Babayan tinmay ishlayapti. Olimpiya terma jamoamizning vazifasi ham malum: Rio olimpiadasiga yo'l olish. Ammo bu borada shunday ish olib borilyaptiki, go'yoki olimpiada chiptasi allaqachon cho'ntagimizda. Hamma bamaylixotir yuribdi. Xuddi biz Qatarga boramiz, guruh o'yinlaridan osonlikcha o'tamiz, guruhda Iroq va Yamanni yutamiz, Koreya bilan durang o'ynasak ham etadi, kerak bo'lsa chorak final, yarim final bizga cho't emas. To'g'ri, finalda biroz qiynalishimiz mumkin, ammo Jalilovning tajribasidan kelib chiqsak, yakunda baribir chempion bo'lamiz. Ko'ryapsizmi, juda oson, shu bilan Olimpiada yo'llanmasi ham naqd.

Milliy terma jamoamiz rasmiy o'rtoqlik o'yinlarisiz ikkita uchrashuvda g'alaba qozondi. Bundan esa Markaz to'g'ri xulosa chiqargan holda 13 oktyabr (FIFA kunidan) foydalanmaslikni lozim topdi. CHunki Markaz rahbari Asqar Tolibjonovning aytishicha, 12 oktyabrda PFL oliy liganing ikkita o'yinini qo'yib qo'ygan ("Nasaf" - "Neftchi", "Dinamo" - "Bunyodkor"), shunday ekan, hozirgi paytda ichki chempionatni bir tekis o'tkazib olish birlamchi vazifa hisoblanadi. Terma jamoa esa o'rtoqlik o'yinlarisiz ham zafar quchaveradi.

Xoh ishoning, xoh ishonmang, biz Qatardagi Osiyo chempionatiga allaqachon tayyormiz. Raqiblarimiz ham bizchalik tayyormi? Ularning tayyorgarligi zo'r emas shekilli, chunki Janubiy Koreya o'z o'yinini topib olish maqsadida Avstraliya bilan ikkita o'yin (9/12 okyabr) tashkil qildi. Va ularning o'yinini o'rgansin deb O'FF Deyan Jurjevichni Koreyaga jo'natdi. Mayli, ular o'rtoqlik o'yinlari o'tkazib tayyorgarlik ko'raversin, hali rasmiy o'yinlar boshlansin biz shundoq ham g'alaba qozonamiz. CHunki bizda ajoyib tarkib va jamoani nazorat bahslarisiz ham kuchli tayyorlay oladigan Viktor Jalilov bor. Xullas, Osiyo chempionatida birinchi o'rinni qo'lga kiritish biz uchun xamirdan qil sug'urgandek gap. Yaxshisi, tezroq Rio olimpiadasi boshlana qolsaydi, yigitlarimizni Braziliya yashil maydonlarida ko'raman deb har kuni kun sanayapman. Albatta, talabchan bosh murabbiy Viktor Jalilov ustozligida.

X.Xoliqov.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика