So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Olim SHokirov: "Tayyorgarlik reja asosida olib borilsa, hech qanday raqibdan qo'rqmasa ham bo'ladi" Yangiliklar

Olim SHokirov: "Tayyorgarlik reja asosida olib borilsa, hech qanday raqibdan qo'rqmasa ham bo'ladi"

Bir necha daqiqalar oldin Bahraynda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qura tashlandi.

Unga ko'ra vakillarimiz  Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston kabi terma jamoalar bilan "S" guruhidan o'rin egalladi. Biz bu borada O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Olim SHokirovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qura haqida nima deyishim mumkin? Kuchli raqiblar tushdi. Janubiy Koreya va Avstraliyani barcha yaxshi biladi. Hindiston esa saralash bosqichida bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Endi  Osiyo chempionatiga tayyorgarlik reja bo'yicha olib borilsa raqiblardan qo'rqmasak ham bo'ladi. Hozir oldimizda turgan asosiy maqsad munosib va rejadagidek tayyorgarlik ko'rish. O'rtoqlik o'yinlari orqali futbolchilarning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini oshirishimiz kerak, ulardagi qo'rquvni butkul yo'qotishimiz lozim. Ruhiyat jihatdan ko'p ish olib borishimiz talab etiladi. 

Endi guruhdan chiqqan taqdirimizda "D" guruhidagi termalar bilan to'qnash kelamiz. Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Xitoy, Indoneziya kabi termalarning biri bilan yarim final yo'llanmasi uchun kurashamiz. Undan oldin esa guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qilishimiz zarur. Qaytaraman tayyorgarlikni reja bo'yicha risoladagidek olib borsak va o'yinchilar ruhiyatidagi qo'rquvni yo'qotsak raqiblar bilan o'ynay olamiz. Barcha narsa tayyorgarlikka bog'liq. Hozirda karantin bo'lgani bois navbatdagi yig'inni Toshkentda "CHig'atoy" bazasida 23 iyun va 4 iyul kunlari olib boramiz",- deydi Olim SHokirov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика