"O'lim guruhi"da Ispaniya "halokati": "Qizil furiya" g'arq bo'ldi
19 iyu 2014 02:15
Yangiliklar
"O'lim guruhi"da Ispaniya "halokati": "Qizil furiya" g'arq bo'ldi
"O'lim guruhi"dan biri sifatida etirof etilgan va o'tgan mundial finalchilari o'rin olgan kvartetda barcha masala kutilmaganda 2-turdan keyinoq hal bo'lishi mumkin edi.
Gollandiya bir amallab bizga kuchsizdek ko'ringan Avstraliyani mag'lub etgach, Ispaniya - CHili uchrashuvida Vidal va Sanches jamoasining g'alabasi nimchorak finalning birato'la ikki qatnashchisi nomini oydinlashtirib qo'yardi.
Oxir-oqibat Ispaniya o'ziga kelma olmadi. Juda ishonchli harakat qilgan CHili esa g'alaba qozonib, jahon chempionini guruh bosqichidan keyinoq uyga qaytishga majbur qildi. 2002 yilgi Franciya va 2010 yilgi Italiya tushgan holat bu safar ispanlar bilan sodir bo'ldi. Evrokuboklarda bayram qilgan yurt vakillari mundialda shunchaki sharmandali natijaga yuz tutishdi.
Birinchi bo'limda muxlislar zerikib qolishgani yo'q. SHiddat bilan oldinga tashlangan CHili 1 va 2-daqiqalarda gol urish imkoniyatiga ega bo'ldi. Dastlab uch ispan futbolchisi sal qolsa kombinacion avtogol muallifiga aylanishi mumkin edi. Keyin Xaraning bosh bilan yo'llagan zarbasi ozgina balanddan o'tib ketdi. Ispaniya esa 15-daqiqaga borib ilk keskin hujumini tashkil qildi.
Pozicion hujum oxirida Alonsoning juda yaqin masofadan tepgan to'pini Bravo qaytarib qoldi. Yaqindagina angliyalik mashhur posbon Piter SHilton Bravoni ham darvozabon, ham maydondagi o'yinchi rolini yaxshi bajarishini aytib maqtagandi. 19-daqiqada CHili hisobni ochdi. Sanches-Dias-Arunguiz-Vargas yo'nalishida uyushtirilgan hujumni Vargas samarali yakunladi. U nozik harakat bilan Kasilyasni aldab o'tdi va to'pni darvozaga tepib qo'yadi. Hayron qolarli tarafi shundaki, Ispaniya himoyachilari jarima maydoni markazida Eduardoni yaqqol bo'sh qoldirishgandi. Pikening Martines bilan almashtirilgani ham baribir foyda bermadi.
Ispaniya shundan keyin keskin hujumlar uyushtirdi, biroq Alonso va Kostaning zarbalari noaniq chiqdi. Aksincha, vaqt o'tishi bilan raqibining o'yini qovushmayotganini sezgan chililiklar yanada faolroq o'ynashga tushishdi. 42-daqiqada Sanches jarima zarbasini amalga oshirdi. Kasilsya to'pni qaytardi, biroq to'p jarima maydoni ichida turgan Aranguizga kelib tushdi. Xuddi mashg'ulot paytidagidek to'p unga juda aniq yo'naltirildi. Aranguiz uni to'xtatib oldi va oyog'i uchida darvoza tomon tepdi. Kasilsya esa himoyachilar orasidan o'tib kelgan to'pni qaytarishga ulgurmadi - 0:2. Ispaniya nimalar bo'layotganini tushunishmayotgan bir chog'da tanaffus vaqti etib keldi.
Ikkinchi bo'lim boshida Alonso o'rniga Koke maydonga tushirildi, biroq bu samara bermadi. Dastlabki 10 daqiqada 3 hujum uyushtirildi. Kosta, Ramos va Busketsning zarbalari golga aylanmadi. Ayniqsa, Serxio 1 -1,5 metrdan bo'sh qolgan darvozaga noaniq zarba yo'llagani hayratlanarli hol bo'ldi. Bunday odat faqat bizning futbolchilarga tegishli xususiyat emas ekan. O'yin mobaynida Kosta juda sust o'ynagani bilan yodda qoldi. CHilida qarshi hujumlarda qulay imkoniyatlar bo'ldi, ammo Isla va Sanches oxirgi pallada xatoga yo'l qo'ydi. Qolgan vaqtda Bravoning Kasorla hamda Inestaning urinishlarini bartaraf etgani yodda qoldi.
CHili Gollandiya bilan birgalikda nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. Endi ular uchinchi turda guruh g'olibi nomiga oydinlik kiritishadi va "A" guruhi vakillari bilan to'qnash kelishadi.
Ispaniya esa sovrinli yurishlariga yakun yasadi. Terma jamoada jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi ko'zga tashlandi. Har ikki o'yinda Del Boske shogirdlariga ishtiyoq, jamoaviy birdamlik va tezlik etishmadi.
JCH-2014. V guruhi. 2-tur
ISPANIYA - CHILI 0:2
Rio-De-Janeyro. Marakana stadioni
Bosh hakam: Mark Geyger (AQSH)
GOLLAR: Vargas, 20 - 0:1. Aranuiz, 44 - 0:2.
Ispaniya: 1.Iker Kasilyas, 4.Xavi Martinez, 6.Andreas Inesta, 11.Pedro (20.Santi Kasorla, 75), 14.Xabi Alonso (17.Koke, 46), 15.Serxio Ramos, 16.Serxio Buskets, 18.Xordi Alba, 19.Diego Kosta (9.Fernando Torres, 63), 21.David Silva, 22.Sesar Aspilikueta.
CHili: 1.Klaudio Bravo, 2.Euxenio Mena, 4.Maurisio Isla, 5.Fransisko Silva, 7.Aleksis Sanches, 8.Arturo Vidal (6.Karlos Karmona, 88), 11.Eduardo Vargas (10.Xorxe Valdiviya, 85), 17.Gari Medel, 18.Gonsalo Xara, 20.CHarlz Aranguiz (16. Felipe Guterres, 64), 21.Marselo Dias.
Ogohlantirishlar: Vidal 26, Xabi Alonso 44, Mena 61
Behzod Nazarov tayyorladi.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Gollandiya | 2 | 2 | 0 | 0 | 8 - 3 | 5 | 6 |
2 | CHili | 2 | 2 | 0 | 0 | 5 - 1 | 4 | 6 |
3 | Avstraliya | 2 | 0 | 0 | 2 | 3 - 6 | -3 | 0 |
4 | Ispaniya | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 - 7 | -6 | 0 |
Behzod Nazarov tayyorladi.
Fikrlar