So’nggi yangiliklar

20:15Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  1 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  25 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

Oliy ligada "Kuchsizlanish orqali kuchayish" - 3 Yangiliklar

Oliy ligada "Kuchsizlanish orqali kuchayish" - 3

Bundan 5 yil avval yuqoridagi sarlavha ostida maqolamning birinchi qismini yozgan edim.
2 yil oldin esa ikkinchi qismini. Hozir bo'layotgan transfer jarayonlarni kuzatar ekanman, qisqa qilib uchinchi qismni yozishni maqsad qildim.

Keling, avval dastlabki ikkita qismga kichik izoh berib ketaman. 2008 yil "Bunyodkor", "Paxtakor", "Paxtakor" esa "Neftchi" orqali kuchaydi. Ko'p o'tmay "Nasaf" viloyatning ikkinchi jamoasi "Mashal" evaziga shakillandi. Bu orada "Navbahor" to'liqligicha Muborakka ko'chib o'tishga ulgurgan edi. Keyinchalik "Bunyodkor" har yili "Paxtakor"ning bironta etakchisini o'z safiga qo'shish orqali raqibni kuchsizlantirib bordi. "Mashal" esa "Nasaf"ga o'yinchi etkazib berishda davom etdi. Xullas shunaqa.

Bu safar nima bo'lyapti. 2014 yil juda qiziq chempionat bo'ladi deb turgan paytimiz, yana bitta jamoani yo'qotyapmiz. Sezib turgan bo'lsangiz, bu - "Neftchi". Yillar davomida shakllanib 2014 yil medallar uchchun kurashishi ko'zda tutilgan "Neftchi" bir hafta ichida tarqab ketdi. "Lokomotiv" esa "Bunyodkor"ni kuchsizlantirish evaziga o'z safini boyitib oldi. Lekin ular "Neftchi"ni tarqab ketishni inobatga olmagan edilar. Bugungi kunda hali hech nimaga qo'l urmagan jamoa, bu "Paxtakor" bo'lib turibdi. Jamoani futbolchilari oldida qarzi bo'lishiga qaramay hech kim klubdan ketish haqida o'ylayotgani yo'q. Agar 2014 yil uchun jiddiyroq homiy chiqadigan bo'lsa tarkib saqlanib qolinadi. Agar moliyaviy holat o'nglanilmasa, u holda bir qator futbolchilar bilan klub xayrlashishi kerak bo'ladi. Bu esa yana bitta jamoani yo'qolishiga olib keladi. Albatta intriga yo'lidagi. "Bunyodkor" o'z safini bir qator yoshlar bilan to'ldirishda davom etyapti. Bu albatta yaxshi. Ammo bu yoshlar OCHLda ilk marotaba to'p tepib kuchlarini teng taqsimlay olmasliklari mumkin. Tabiiyki, ularning ichki chempionatdagi sifati tushadi. "Qizilqum" hamon qaerda o'ynashi haqida o'zi bilmaydi. "So'g'diyona"ga homiylar etibor qaratishsa xop-xop, qaratishmasa...

"Olmaliq" va "Metallurg" o'z saviyalarini saqlab qolayotgan yagona jamoa bo'lib turibdi. "Dinamo"da hozircha hech qanday o'zgarish yo'q. Odatda Haydarov o'z etiborini yoshlarni tarbiyalashga qaratadi. SHodiev "Buxoro" uchun katta yo'qotish. Demakki, jamoa kuchsizlandi. "Navbahor"da nima bo'lishini hozircha hech kim bilmaydi. Gevorkyan "Nasaf"da qolsa jamoa o'z kuchini saqlab qoladi. Ammo har mavsum yakuniga etganidan keyin "Nasaf" muxlislari bor etiborlarini Gevorkyanga qaratishadi. Kim ham jamoani yarim kuchini yo'qotishni istaydi? "Mashal"ni avvalgi kuchi yo'q, aniqrog'i kuchli rahbari. O'z akademiyasi bo'la turib, yana legioner qidirishga tushib ketgan jamoadan biron-bir o'sishni kutish mantiqan to'g'ri emas. "Andijon" hozircha sirli jamoa. 1-liga bilan oliy liganing o'rtasidagi farq katta.
 
Bizning klublarimizning yomon  bir odati bor. kim ko'zga ko'rinsa, sharta o'z safiga qo'shib oladi. Vaholanki, o'sha futbolchi ko'zga ko'ringuniga qadar, ko'zga ko'rinmay kelayotganimidi? Nega hamma tayyoriga yopishadi, ko'zga ko'rinmay turgan paytida nazarga olmaydi. Abramov aytganidek bunday futbolchilar minglab topiladi. Ammo ularni tanlab oladigan, rosmanasiga murabbiylik uquviga ega mutaxassislarimiz juda ham oz.

Kuniga maqola yozishim mumkin. Lekin muxlislarni futboldan ko'ngillarini sovutib yubormay deyman...

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика