So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Oliy liga. Birinchi davra ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. Birinchi davra ramziy terma jamoasi

Xabaringiz bor, shu kunlarda oliy liga jamoalari ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Kimdir chetga yo'l olgan va yo'l olishni rejalashtirayotgan bo'lsa, qolgan klublar o'zimizda hozirlikni davom ettirmoqda. Biz yuzaga kelgan kichik tanaffusdan foydalanib, birinchi davraning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Ramziy terma jamoani tuzishda futbolchilarning birinchi davradagi o'yinlarini atroflicha tahlil qilib chiqdik. Kim nechta gol urgani-yu, kim qancha golli to'p uzatishni amalga oshirgani, hatto sariq va qizil kartochkalarga ham ahamiyat berdik. Birinchi davra yakunlariga ko'ra, “Paxtakor” va “Lokomotiv”ning uchtadan o'yinchisi ramziy jamoadan joy oldi. Bu tabiiy hol, chunki jamoalar bir xil ochko to'plagan holda birinchi-ikkinchi o'rinlarda borishmoqda. Birinchi davraning kashfiyot jamoalaridan biri “Qizilqum”dan ikki futbolchi, bir yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytgan “Mashal”dan ham ikki o'yinchi termaga kiritildi. SHuningdek, “Nasaf” etakchisi ham birinchi davra ramziy terma jamoasidan joy oldi.



DARVOZABON
Artyom Makosin (“Qizilqum”)

Birinchi davrada bir nechta davozabonlar o'zlarini ko'rsatishdi. Xususan Andrey Melnichuk, Eldor Suyunov, Ignatiy Nesterov - shular jumlasidan. Lekin biz “Qizilqum” posboni Artyom Makosinda to'xtaldik. O'ylaymizki, “Qizilqum”dek o'rtamiyona jamoa darvozasini Artyom Makosin ajoyib tarzda qo'riqladi. Birinchi davraning 12ta o'yinida navoiyliklar darvozasini qo'riqlagan Makosin to'rtta bellashuvda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi. Natijada bu posbon ko'pchilikning og'ziga tushdi. Umuman birinchi davrada Makosin 12ta gol o'tkazib yubordi.



HIMOYACHILAR
Aleksandr Merzlyakov (“Paxtakor”)
Egor Krimec (“Paxtakor”)
Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”)
Akmal Rustamov (“Qizilqum”)

Birinchi davrada yaxshi o'yin namoyish etgan himoyachilar qatoriga Merzlyakov, Krimec, To'xtaxo'jaev va SHorahmedovni tanlab oldik. “Paxtakor”ning ikki himoyachisi birmuncha ajralib turdi. Masalan, chap qanot vakili Aleksandr Merzlyakovning o'yinida o'sish borligi ko'zga tashlandi. Qolaversa, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi va bir nechta golda ishtirok etdi.

Xitoydagi faoliyatini tugatib yana qadrdon jamoasiga qaytib kelgan Egor Krimec “Paxtakor” o'yiniga bir zumda kirishib ketdi. U himoya markazida deyarli benuqson harakat qildi. Standart vaziyatlarda jamoasi hujumlariga qo'shildi va buning oqibatida uchta gol urdi. Krimec tomonidan kiritilgan uchala gol ham “Paxtakor”ga g'alaba keltirdi.



“Lokomotiv” safida faoliyatini davom ettirayotgan Islom To'xtaxo'jaev ham o'zini ko'rsata oldi. Uni bemalol jamoa etakchilaridan biri deya olamiz. Oliy liganing dastlabki 13 turning hammasida ishtirok etgan To'xtaxo'jaev bitta gol urishning uddasidan chiqdi.

“Qizilqum”ning o'ng qanot himoyachisi Akmal Rustamov ham yaxshi taassurot qoldirdi. Ramziy terma jamoaning o'ng qanot himoyasiga “Nasaf”dan SHuhrat Muhammadiev, “Paxtakor”dan Davron Hoshimov, “Qizilqum”dan Akmal Rustamov nomzodi ham ko'rib chiqildi, lekin Akmal Rustamov borasida to'xtalishni lozim topdik. Bu himoyachi birinchi davrada 12ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi.



YARIM HIMOYACHILAR
Artur Gevorkyan (“Nasaf”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Jasur Hasanov (katta, “Lokomotiv”)
Zafar To'raev (“Mashal”)

Yarim himoyaga ham to'rt nafar o'yinchini kiritdik. Ramziy termamizning o'ng qanot yarim himoyasini Artur Gevorkyanga topshirdik. Fikrimizcha, bu borada ortiqcha gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Birinchi davraning 13ta uchrashuvida harakat qilgan turkmanistonlik yarim himoyachi ettita gol urishning uddasidan chiqdi. Va bu borada hozircha to'purar bo'lib turgan Ivan Nagaevdan atigi bitta golga ortda bormoqda.

“Paxtakor”dan Jamshid Iskanderov muhim bahslarda yaqqol ajralib turdi. Iskanderov - juda iqtidorli futbolchi, to'p bilan nozik muomalada bo'ladi. O'yinni yaxshi o'qiydi. Iskanderov ham Gevorkyan ham kabi birinchi davraning hamma uchrashuvida to'p surdi. Lekin u atigi ikkita gol urdi: safarda “Mashal” va “Nasaf” bilan kechgan o'yinlarda. Uning gollari jamoaga to'rt ochko keltirdi.



CHempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” o'z safiga bir qator yaxshi futbolchilarni qo'shib oldi. SHulardan biri jizzaxlik Jasur Hasanov. Hasanovlarning kattasi birinchi davrada yaxshi o'yin ko'rsatdi. Esingizda bo'lsa, yil boshida Jasur Hasanov Sardor Rashidov bilan raqobat qilishdan cho'chib “Bunyodkor”dan ketib qoldi degan gap chiqqandi. Lekin o'shanda Jasurning o'zi “Lokomotiv”ga raqobatdan cho'chiganim uchun o'tganim yo'q, bu erda boshqa sabablar bor deya intervyu bergandi. CHindan ham Hasanov birinchi davrada o'zini ko'rsata oldi, bu esa futbolchining ramziy terma jamoamizdan joy olishiga zamin yaratadi.

“Olmaliq” safida o'tgan yil o'zini ko'rsata olmagan Zafar To'raev muhitni o'zgartirishga majbur bo'ldi va yangi mavsum avvalida “Mashal” tarkibiga kelib qo'shildi. Ko'pchilik bu o'yinchi “Mashal”da o'zini ko'rsata olarmikin degan xayolda edi. Buning qarangki, “Gattuzo” laqabli futbolchi tezda yangi jamoasi o'yiniga kirishib ketdi, birinchi davraning hamma o'yinida maydonga tushdi va uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda u maydon markazida yaxshi harakat qildi.



HUJUMCHILAR
Ivan Nagaev (“Lokomotiv”)
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”)

Ivan Nagaev birinchi davrani to'purar sifatida tugatdi. U 8ta gol urishning uddasidan chiqdi. SHu bois uni ramziy  termaga kiritmaslik g'alati bo'lardi. Nagaev - tezkor hujumchi, to'p bilan muomalasi ham joyida. Biroq jarima maydonchasi ichida ko'pincha shoshib qoladi. SHoshqaloqlik unga ko'p marta pand bergan: “Dinamo”da ham, “Lokomotiv”da ham. Lekin u har bir xatosidan xulosa chiqarishga harakat qilmoqda.



Ramziy terma jamoaga ikkinchi hujumchi sifatida “Mashal”dan Zohir Qo'ziboevni oldik. To'g'ri, Vohid SHodiev ham yomon harakat qilmadi. Lekin Sergey Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlangach, negadir SHodiev zaxirada o'tirib qoldi. Zohir Qo'ziboev esa bungacha faqat birinchi ligada o'ynab kelgandi. Unga “Mashal” oliy ligada o'ynash imkonini berdi va hujumchi elita havosiga tezda moslashib ketdi. Birinchi davraning hamma o'yinida maydonga tushgan kasbilik hujumchi 6ta gol urishning uddasidan chiqdi. Uning hamma gollari “Mashal”ga ochko keltirdi.

BOSH MURABBIYLAR:
Samvel Babayan (“Paxtakor”)
Aleksandr Xomyakov (“Mashal”)

Ramziy terma jamoamizga bosh murabbiy etib ikki kishini tanladik. Samvel Babayan va Aleksandr Xomyakov. Albatta, bunaqasi kam uchraydi, chunki ramziy terma jamoaga bosh murabbiy etib har doim bir kishini olinadi. Samvel Babayan boshchiligidagi “Paxtakor” birinchi davrani ikkinchi o'rinda tugatdi. Jamoa o'tgan yil shu payt to'rtinchi o'rinda yurgandi. Lekin bu yil klub natijalarida o'zgarish ro'y berdi. “Paxtakor” mavsum startida ketma-ket oltita uchrashuvda g'alaba qozondi, ammo kam gol urgani evaziga “Lokomotiv”ni o'tkazib yubordi.

O'tgan mavsumni birinchi ligada o'tkazgan “Mashal” oliy ligaga qaytishi bilan o'zini namoyon eta oldi. Bunda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning xizmatlari katta. Birinchi davrani 6g'o'rinda yakunlagan muborakliklar avvaliga kuchli jamoalarga qarshi to'p surishgani bois o'z uylarida g'alaba qozona olishmadi. Lekin keyinchalik jamoa o'zini o'nglay oldi. Bundan tashqari, Xomyakov qo'l ostida Zohir Qo'ziboev, Zafar To'raev, Mirzohid G'ofurov singari futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика