Real Madrid La Liganing navbatdagi turida tarixiy natijaga erishishi mumkin
29 dek 2024 08:13
Yangiliklar


Real Madrid La Liganing navbatdagi turida tarixiy natijaga erishishi mumkin
Gap shundaki, Real tez orada La Liga ochkolari soni 5000 taga etadi.
Hozirda «Qirollik klubi» Ispaniya oliy divizionida o'ynagan butun faoliyati davomida 4999 ochko jamg'argan. Bu Ispaniyadagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda «Barselona» 4887 ochko bilan joy olgan. Keyingi o'rinlardan «Atletiko Madrid» (4,018), «Atletik Bilbao» (3,771), «Valensiya» (3,767) va «Sevilya» (3,265) o'rin olgan.
«Real Madrid» La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini 3 yanvar kuni «Valensiya»ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar