"Al Nassr" super transfer amalga oshirmoqchi
28 dek 2024 22:55
Yangiliklar


"Al Nassr" super transfer amalga oshirmoqchi
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykni kuzatmoqda.
33 yoshga kirib ulgurgan futbolchiga oldinroq "Real"ning qiziqishlari so'ngandi. 2025 yil yozigacha shartnomasi bor himoyachi faoliyatini Osiyoda davom ettirib, faoliyatining yakuniy qismida katta pul ishlab olishni reja qilishi ham mumkin.
Lekin van Deykka "Inter", "Yuventus"va "Barselona" tomonidan ham qiziqishlar bor. "Liverpul" esa futbolchiga shartnoma taklif qilmoqchi.
Osiyo klubi van Deykka katta maosh to'lashga tayyor turibdi va futbolchi bilan muzokaralar boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Van Deyk 2018 yil qishida "Liverpul"ga o'tdi. SHu vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 293 o'yinda qatnashib, 25 gol va 13 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar