So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Oliy liga-2014 yakunlari. Eng so'nggi o'rinni olgan "Andijon" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2014 yakunlari. Eng so'nggi o'rinni olgan "Andijon" haqida

Kechadan boshlab har kuni bitta klubga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borishni boshlagandik.
Dastlabki maqolamiz 2014 yilgi O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubiga atalgandi. Bugun ushbu mavsumda oliy ligada eng so'nggi o'rinni egallagan "Andijon" haqida malumot beramiz.

"Burgutlar" bu yil 12 ochko to'plab musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasini band etishdi. Kuni kecha PFL oliy ligadagi ishtirokchilar sonini 16taga etkazilgani haqida xabar berildi. SHu bois, "Andijon" keyingi yil ham elitada ishtirok etadi.



Jamoa tarkibida bu mavsum jami 34 (!) nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan to'rt nafari legionerlar. Jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov bo'ldi. U 24ta uchrashuvda maydonga tushib bitta gol urdi. 3tadan gol urgan Aziz Ibragimov va Abdulatif Abduqodirov klub to'purari bo'lishdi.

Hakam tomonidan 7 marta sariq kartochka bilan "siylangan" Ibrohim Otaxonov klubda eng qo'pol o'yinchi bo'ldi. Ikki futbolchi, Dilmurod Mahmudov va Timur Sultonov qizil kartochka olishdi.

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

Futbolchi Amp. T.sana. O'yin Daq Gol SK QK
Abdurahimov Bahrom Yahm 11.12.1988 24 1872 1 3 0
Rahmonov Asror Yahm 21.11.1988 21 1607 0 4 0
Rahmonov Rasul Yahm 04.02.1987 20 1671 1 5 0
Tursunov Davron Him 28.02.1987 20 1538 0 2 0
Kamolov Mirzokamol Yahm 11.08.1987 20 1098 2 0 0
Otaxonov Ibrohim Yahm 21.09.1985 19 1529 0 7 0
G'oziev Bekzod Yahm 13.12.1989 18 1063 0 2 0
G'aniev Timur Dar 27.01.1984 17 1491 0 3 0
Soliev Lochin Huj 30.03.1983 16 896 2 0 0
Qodirov Rahim Him 25.04.1979 14 1188 0 5 0
Docenko Sergey* Him 06.09.1987 13 1149 0 4 0
Rajabov Anvar* Huj 23.01.1988 13 898 2 1 0
Ibragimov Aziz** Yahm 21.07.1986 12 1009 3 3 0
Mirabdullaev Javlon* Him 19.03.1994 11 932 0 1 0
Abduqodirov Abdulatif** Huj 09.08.1987 11 820 3 0 0
Maxstaliev Abbosbek** Yahm 12.01.1994 10 887 2 3 0
Kasyan Aleksey* Him 10.01.1987 10 874 0 2 0
Azizov Alisher* Huj 14.02.1990 10 522 0 1 0
SHaymonov SHahzod* Him 02.04.1992 9 810 1 1 0
Xudoyorov Muhiddin Dar 05.11.1990 9 759 0 1 0
Sultonov Timur Him 02.03.1984 9 610 0 1 1
To'xtasinov Alisher Yahm 16.02.1990 9 498 0 0 0
Gapparov Ayubxon** Huj 16.05.1992 9 393 0 1 0
Jo'raboev Akmal Huj 02.02.1990 9 258 0 1 0
Xodjaev Akbar Yahm 29.10.1990 5 401 0 0 0
Mirxoldirshaev SHuxrat Huj 05.03.1982 5 77 0 0 0
Vizaver Vitaliy** Him 22.12.1978 4 326 0 1 0
Raskov Viktor* Huj 08.05.1984 4 157 0 1 0
Fomin Maksimilian** Him 21.09.1993 2 103 0 0 0
Kapadze Kamronbey Him 29.01.1994 2 42 0 0 0
Smorodin Sergey Dar 15.02.1994 1 90 0 0 0
Mahmudov Dilmurod Him 24.10.1994 1 78 0 1 1
Yusupov Abdulaziz** Yahm 05.01.1993 1 12 0 0 0
Mamatkazin Artur Him 31.07.1994 1 5 0 0 0

* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan

** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Andijon" mavsum davomida eng kam g'alabaga erishgan, eng kam gol urgan, eng kam ochko to'plagan klubga aylandi. Jamoa safardagi 13ta o'yinning faqat bittasida durang o'ynagan, qolgan 12ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etilgan. Eng yirik mag'lubiyatni ham aynan "Andijon" "Mashal"dan qabul qilib olgan - 1:6. "Burgutlar" 15ta bahsda raqib darvozasiga gol ura olmay maydonni tark etishgan.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar 26
Gollar 18
Uydagi gollar 15 (83,33%)
Mehmondagi gollar 3 (16,67%)
O'tkazilgan gollar 50
Uyda o'tkazilgan gollar 19 (38%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 31 (62%)
O'rtacha gol 0,69
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,92
Uydagi ochkolar 11/39 (28,21 %)
Mehmondagi ochkolar 1/39 (2,56 %)
Eng yirik g'alaba 3:1 - "Navbahor"
Eng yirik mag'lubiyat 1:6 - "Mashal"
"Quruq" o'yinlar 3 (11,54%)
Gol ura olmagan o'yinlar 15 (57,69%)
Irodagi g'alaba 0
Yirik g'alabalar 0
Yirik mag'lubiyatlar 5
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 54 (2,08)
CHetlatishlar (o'rtacha) 2 (0,08)
Maydonga tushganlar (legioner) 34 (4)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 131214/5047


“Burgutlar”ning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26,7 ni tashkil etdi. Maydonga tushgan, ogohlantirish va qizil kartochka olgan eng yosh o'yinchi Dilmurod Mahmudov bo'ldi. Ikkinchi davrada jamoa safiga qo'shilgan Abbos Maxstaliev to'p kiritgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

Yosh Futbolchi

Eng yosh gol urgan

20,243 Maxstaliev Abbosbek

Eng keksa gol urgan

31,201 Soliev Lochin

Eng yosh maydonga tushgan

19,283 Mahmudov Dilmurod

Eng keksa maydonga tushgan

35,248 Vizaver Vitaliy

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,283 Mahmudov Dilmurod

Eng keksa sariq kartochka olgan

35,236 Vizaver Vitaliy

Eng yosh qizil kartochka olgan

19,283 Mahmudov Dilmurod

Eng keksa qizil kartochka olgan

30,90 Sultonov Timur



Saytimiz xodimlari tomonidan Abdulatif Abduqodirov “Andijon”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Ertaga "Lokomotiv" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика