Oliy liga-2014 yakunlari. Eng so'nggi o'rinni olgan "Andijon" haqida

Narzulla Saydullayev
20 noya 2014, 14:45
Kechadan boshlab har kuni bitta klubga atalgan statistik ko'rsatkchilar saytimizda berib borishni boshlagandik.
Dastlabki maqolamiz 2014 yilgi O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubiga atalgandi. Bugun ushbu mavsumda oliy ligada eng so'nggi o'rinni egallagan "Andijon" haqida ma'lumot beramiz.

"Burgutlar" bu yil 12 ochko to'plab musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasini band etishdi. Kuni kecha PFL oliy ligadagi ishtirokchilar sonini 16taga etkazilgani haqida xabar berildi. Shu bois, "Andijon" keyingi yil ham elitada ishtirok etadi.



Jamoa tarkibida bu mavsum jami 34 (!) nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan to'rt nafari legionerlar. Jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov bo'ldi. U 24ta uchrashuvda maydonga tushib bitta gol urdi. 3tadan gol urgan Aziz Ibragimov va Abdulatif Abduqodirov klub to'purari bo'lishdi.

Hakam tomonidan 7 marta sariq kartochka bilan "siylangan" Ibrohim Otaxonov klubda eng qo'pol o'yinchi bo'ldi. Ikki futbolchi, Dilmurod Mahmudov va Timur Sultonov qizil kartochka olishdi.

Quyida jamoa safida maydonga tushgan barcha futbolchilarning statistik ko'rsatkchilari berilgan.

FutbolchiAmp.T.sana.O'yinDaqGolSKQK
Abdurahimov BahromYahm11.12.1988241872130
Rahmonov AsrorYahm21.11.1988211607040
Rahmonov RasulYahm04.02.1987201671150
Tursunov DavronHim28.02.1987201538020
Kamolov MirzokamolYahm11.08.1987201098200
Otaxonov IbrohimYahm21.09.1985191529070
G'oziev BekzodYahm13.12.1989181063020
G'aniev TimurDar27.01.1984171491030
Soliev LochinHuj30.03.198316896200
Qodirov RahimHim25.04.1979141188050
Docenko Sergey*Him06.09.1987131149040
Rajabov Anvar*Huj23.01.198813898210
Ibragimov Aziz**Yahm21.07.1986121009330
Mirabdullaev Javlon*Him19.03.199411932010
Abduqodirov Abdulatif**Huj09.08.198711820300
Maxstaliev Abbosbek**Yahm12.01.199410887230
Kasyan Aleksey*Him10.01.198710874020
Azizov Alisher*Huj14.02.199010522010
Shaymonov Shahzod*Him02.04.19929810110
Xudoyorov MuhiddinDar05.11.19909759010
Sultonov TimurHim02.03.19849610011
To'xtasinov AlisherYahm16.02.19909498000
Gapparov Ayubxon**Huj16.05.19929393010
Jo'raboev AkmalHuj02.02.19909258010
Xodjaev AkbarYahm29.10.19905401000
Mirxoldirshaev ShuxratHuj05.03.1982577000
Vizaver Vitaliy**Him22.12.19784326010
Raskov Viktor*Huj08.05.19844157010
Fomin Maksimilian**Him21.09.19932103000
Kapadze KamronbeyHim29.01.1994242000
Smorodin SergeyDar15.02.1994190000
Mahmudov DilmurodHim24.10.1994178011
Yusupov Abdulaziz**Yahm05.01.1993112000
Mamatkazin ArturHim31.07.199415000

* - birinchi davradan so'ng boshqa klubga o'tgan

** - ikkinchi davrada jamoaga kelgan



"Andijon" mavsum davomida eng kam g'alabaga erishgan, eng kam gol urgan, eng kam ochko to'plagan klubga aylandi. Jamoa safardagi 13ta o'yinning faqat bittasida durang o'ynagan, qolgan 12ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etilgan. Eng yirik mag'lubiyatni ham aynan "Andijon" "Mashal"dan qabul qilib olgan - 1:6. "Burgutlar" 15ta bahsda raqib darvozasiga gol ura olmay maydonni tark etishgan.

Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.

O'yinlar26
Gollar18
Uydagi gollar15 (83,33%)
Mehmondagi gollar3 (16,67%)
O'tkazilgan gollar50
Uyda o'tkazilgan gollar19 (38%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar31 (62%)
O'rtacha gol0,69
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,92
Uydagi ochkolar11/39 (28,21 %)
Mehmondagi ochkolar1/39 (2,56 %)
Eng yirik g'alaba3:1 - "Navbahor"
Eng yirik mag'lubiyat1:6 - "Mashal"
"Quruq" o'yinlar3 (11,54%)
Gol ura olmagan o'yinlar15 (57,69%)
Irodagi g'alaba0
Yirik g'alabalar0
Yirik mag'lubiyatlar5
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)54 (2,08)
Chetlatishlar (o'rtacha) 2 (0,08)
Maydonga tushganlar (legioner)34 (4)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)131214/5047


“Burgutlar”ning mavsumdagi o'rtacha yoshi 26,7 ni tashkil etdi. Maydonga tushgan, ogohlantirish va qizil kartochka olgan eng yosh o'yinchi Dilmurod Mahmudov bo'ldi. Ikkinchi davrada jamoa safiga qo'shilgan Abbos Maxstaliev to'p kiritgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi.

Ko'rsatkich

YoshFutbolchi

Eng yosh gol urgan

20,243Maxstaliev Abbosbek

Eng keksa gol urgan

31,201Soliev Lochin

Eng yosh maydonga tushgan

19,283Mahmudov Dilmurod

Eng keksa maydonga tushgan

35,248Vizaver Vitaliy

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,283Mahmudov Dilmurod

Eng keksa sariq kartochka olgan

35,236Vizaver Vitaliy

Eng yosh qizil kartochka olgan

19,283Mahmudov Dilmurod

Eng keksa qizil kartochka olgan

30,90Sultonov Timur



Saytimiz xodimlari tomonidan Abdulatif Abduqodirov “Andijon”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Ertaga "Lokomotiv" klubi haqida maqola kuting.
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia