Oliy liga-2013. Xayrulla Karimov "Bunyodkor" safida qizil olgan birinchi o'yinchi
04 noy 2013 17:26
Yangiliklar

Oliy liga-2013. Xayrulla Karimov "Bunyodkor" safida qizil olgan birinchi o'yinchi
Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvida (1:0) mehmonlar vakili Xayrulla Karimov qizil kartochka oldi.
Ushbu chetlatish "qaldirg'ochlar" uchun bu mavsumdagi dastlabkisi bo'ldi. Bunga qadar bo'lib o'tgan 24ta turda "Bunyodkor"dan hech bir futbolchi chetlatilmagan edi. Xayrulla Karimov 26-turni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.
Endi so'nggi tur oldidan qizil olmagan bitta klub qoldi xolos. Bugunga qadar Toshkentning "Lokomotiv" klubining hech bir futbolchisiga qizil ko'rsatilmagan.
O'tgan mavsumda bunday natijaga "Olmaliq" klubi erishgandi.

Fikrlar