Oliy liga-2013. Eng chiroyli gollar o'nligi
29 dek 2013 11:31
Yangiliklar

Oliy liga-2013. Eng chiroyli gollar o'nligi
Yakunlangan oliy liganing imkon qadar barcha uchrashuvlarini kuzatib chiqdik.
Bazi uchrashuvlarni “Sport” TV orqali ko'rib bordik. O'rtacha har turda bittadan uchrashuv TV orqali namoyish etilgan bo'lsa,qolgan uchrashuvlarni shaxsiy nuqtai nazarimdan kelib chiqib, O'zbekiston oliy ligasidagi gollar o'nligini taqdim etmoqchiman. Aytib o'tishim joizki, barcha uchrashuvlarni kuzatish uchun bizda hech qanday imkoniyat mavjud emas. Keyingi yil saytimiz orqali deyarli barcha gollarni videosi orqali taqdim etishni rejalashtiryapmiz. Demak, bu yilgi gollar o'nligi!
10. Dilyaver Abibullaev (05.10.13 "Bunyodkor" - "Olmaliq" 4:1)
Garchi ushbu o'yinda "Olmaliq" yirik hisobda mag'lub bo'lgan bo'lishiga qaramay, uchrashuvda chiroyli gol kitirishga erishgan edi. 11-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangan Abibullaev jarima zarbasidan yo'llagan to'pi Odil Ahmedovning Qatarga urgan golining nusxasiga aylandi. To'p to'singa tegdi va darvoza to'ridan joy oladi.
9. Davron Hoshimov (03.11.13 "Paxtakor" - "SHo'rtan" 4:1)
"SHerlar" allaqachon oliy ligani tark etib bo'lgan "SHo'rtan" darvozasini ishg'ol eta boshlagandi. Bu gollardan eng chiroylisi deb esa Davron Hoshimov tomonidan kiritilgan ikkinchi golni aytish mumkin. 30-daqiqada kiritilgan golning tarifidan ko'ra, o'zini bir bor ko'rgan afzal bo'lardi. Kuchli zarba va darvozabon hech qanday harakatsiz golni sezmasligi bu kamdan-kam holatda bo'ladi. To'pni havoda to'xtatmasdan darvozaga yo'llangani ham o'zgacha chiroy bag'ishlagan edi.
8. G'ulom O'runov (14.09.13 "Neftchi" - "Olmaliq" 4:0)
Uchrashuvning 16-daqiqasida "Olmaliq" darvozasiga jarima zarbasi belgilandi. Jarimadan esa G'ulom O'runov mehmonlar jarima maydoni tashqarisidan turib raqib darvozasining to'qqizlik burchagini nishonga olgandi. Odatda G'ulom O'runov tomonidan amalga oshirilgan ko'pgina jarima zarbalari o'zgacha chiroy bilan darvoza to'ridan o'rin oladi.
7. Alibobo Rahmatullaev (08.03.13 "Bunyodkor" - "Nasaf" 3:0)
Aliboboning chiroyli goli bilan ushbu uchrashuvdagi chiroyli o'yini ham barchaning etiborini tortgandi. 87-daqiqa o'tib borayotgan bir vaqtda Alibobo taxminan 25 metr uzoqdan to'g'ri darvoza tomon zarba berdi. Xuddi jarima zarbasini eslatuvchi bu gol bo'lgan vaqtda himoyachilar harakatsiz qoldi va "qaldirg'ochlar" yirik hisobda g'alaba qozongandi.
6. Artur Gevorkyan (25.05.13 "Nasaf" - "Lokomotiv" 2:1)
Qarshiliklarning asosiy raqibi ustidan qozongan g'alabasi uchun aynan Gevorkyan tomonidan kiritilgan gol katta ahamiyatga egadir. Bu golning chiroyi boshqacha bo'lgandi. Jarimadan kiritilgan gol 30 metrlar uzoqlikdan to'ppa-to'g'ri darvozaning burchagiga borib joylandi. Menimcha, bu golni Buffon ham qaytara olmasdi.
5. Farrux SHotursunov (23.10.13 "Olmaliq" - "Dinamo" 3:2)
Samarqandliklar oliy liga-2013da eng tezkor gol kiritgan jamoaga aylandi. Uchrashuvning 9-soniyalari o'tib borayotgan bir vaqtda dastlabki to'p oshirishni Farrux SHotursunov kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi. Uchta himoyachidan o'tib darvozadan joy olgan bu tezkor golga reytingimizdan o'rin ajratmasak bo'lmaydi.
4. Ivan Nagaev (13.09.13 "Lokomotiv" - "Nasaf" 2:0)
"Temiryo'lchilar" o'z maydonida asosiy raqibini 2:0 hisobida mag'lub etgan uchrashuvning 84-daqiqasida Ivan Nagaevga Akmal Xolmatov tomonidan oshirib berilgan to'p to'g'ri kelib tushdi. CHamasi 25 metrlardan kuchli yo'llangan zarba darvoza markaziga borib tushdi. Golning bezagi esa to'pning chap oyoqda himoyachilar orasidan o'tib borib darvozadan o'rin olganidadir.
3. Kazi Maxaradze (10.08.13 "Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:2)
SHubhasiz, Kaxining "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan chiroyli goli oliy liga gollari bezagi bo'la oladi. Bahsning uchinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir vaqtda himoyachilardan o'tib ketgan Maxaradze Nesterovni aqlli qarori bilan ojiz qoldirdi. Darvozabon ustidan parashyut usulida sekingina tashlab qo'yilgan to'p darvoza to'ridan joy olgandi.
2. SHohrux Gadoev (30.03.13 "Navbahor" - "Nasaf" 1:2)
Qarshiliklar Namangandan g'alaba bilan qaytishdi. Bunda nafaqat g'alaba qadrli edi, balki SHohrux Gadoev hisobni juda chiroyli ochishga erishdi. Bo'lim yakunlanishi arafasida Artur Gevorkyanning markazdan etkazib berilgan to'pini SHohrux Gadoev maydonga tushirmasdan havoda darvozaga joylab qo'ygandi.
1. Sanat SHixov (29.09.13 "Dinamo" - "Lokomotiv 1:0)
Samarqandning "Dinamo" jamoasi hujumchisi Sanat SHixovning golini oliy liga-2013ning eng chiroyli goli deb tanladik. Maydon egalari tomonidan 90+4-daqiqada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv"ga urgan goli mahalliy muxlislarga cheksiz quvonch bag'ishlagan bo'lsa, golning chiroyli tarzda maydon markazidan yo'llangani va darvoza burchagidan joy olgani bu golning qadri jihatidan ham tengsiz deb topdik.
Humoyun DAVUROV.

Fikrlar