Oliy liga. 15-tur ramziy terma jamoasi
13 avg 2014 14:00
Yangiliklar
Odatga ko'ra, biroz kech bo'lsa-da, o'tgan turning ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz. 15-tur ancha sermahsul bo'ldi. Darvozalarga jami 24ta gol kiritildi. Beshta o'yinda mezbonlar g'alaba qozongan bo'lsa, bir uchrashuvda durang qayd etildi va yana bitta o'yinda mehmonlar zafar quchishdi. Yani, “Lokomotiv” safarda “Nasaf”ni 5:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib qaytdi.
Bu safar tur ramziy termasidan “Lokomotiv” (2 nafar), “Navbahor” (2 nafar), “Andijon” (2 nafar), “Neftchi”, “So'g'diyona”, “Metallurg”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” klubida to'p tepayotgan futbolchilar o'rin olishdi. Ayrim sabablarga ko'ra, “Nasaf”, “Mashal”, “Olmaliq”, “Qizilqum”, “Dinamo” hamda “Buxoro” klublaridan hech kim ramziy termaga loyiq ko'rilmadi.
DARVOZABON
Sardor Qobiljonov (“Neftchi”)
Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lgan “Neftchi” 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ammo bu bellashuvda farg'onaliklar posboni Sardor Qobiljonov o'z o'rnida yaxshi harakat qildi. U bir necha bor raqib futbolchilari tomonidan berilgan zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Natijada Sardorni ramziy jamoa darvozasiga qo'ydik.
HIMOYACHILAR
SHavkat Mullajonov (“Lokomotiv”)
Rahmatullo Berdimurodov (“Navbahor”)
Rustam Azamov (“So'g'diyona”)
Safarda “Nasaf”ni mag'lub etib qaytgan “Lokomotiv” chempionlik sari odimlashda davom etmoqda. Ushbu o'yinda davralar oralig'ida yana “Loko”ga qaytgan SHavkat Mullajonov o'z joyida yaxshi o'yin ko'rsatdi. SHavkat Toshkentda “Navbahor” bilan kechgan bahsda ham yaxshi taassurot qoldirgandi.
“Navbahor” safidagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb bemalol Rahmatullo Berdimurodovni ko'rsata olamiz. Berdimurodov “Buxoro”ga qarshi bellashuvda yaxshi harakat qildi.
“So'g'diyona” himmoyachisi Rustam Azamovning harakatlarida ham o'sishni kuzatishimiz mumkin. “Olmaliq” bilan kechgan o'yinda Azamov raqib hujumchilarining gol urishiga imkon bermadi, shuningdek o'zi ham hujumlarga qo'shilib turdi.
YARIM HIMOYACHILAR
Sunnatilla Mamadaliev (“Metallurg”)
Sardor Rashidov (“Bunyodkor”)
Aziz Ibragimov (“Andijon”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Bekobodda bo'lib o'tgan “Metallurg” - “Dinamo” bahsida maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchishdi. Va ushbu bahsda markaziy yarim himoyachi Sunnatilla Mamadaliev raqib darvozasini ikki bor ishg'ol etdi.
“Bunyodkor” yarim himoyachisi Sardor Rashidov uchun ham bu tur juda omadli keldi. Uni ramziy termaga kiritmasak adolatdan bo'lmasdi. Jizzaxlik futbolchi “Mashal” darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHundan ikkitasini jarima to'pidan kiritdi.
Xorijdagi faoliyatini tugatib yana yurtimizga qaytgan Aziz Ibragimov “Andijon” safidagi ilk o'yinidayoq to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Qolaversa, uning harakatlari klub ishqibozlariga ham maqul keldi.
“Paxtakor”ning navbatdagi o'yinida Vladimir Kozak ajralib turishga harakat qildi. To'g'ri, Jamshid Iskanderov ham ancha faol o'ynadi, ammo Kozak gol urib jamoasiga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. SHu bois uni tanladik.
HUJUMCHILAR
Aleksandr Geynrix (“Lokomotiv”)
Ruslan Kachur (“Navbahor”)
Abdulatif Abduqodirov (“Andijon”)
Hujum chizig'iga uch nafar futbolchini tanlab oldik. Geynrix o'zining yangi klubiga tezda kirishib keta oldi. U Qarshida kimsan “Nasaf” darvozasiga ikki bor to'p kiritdi. Umuman olganda, Sashaning harakatlari ajoyib chiqmoqda.
“Navbahor”ning ukrainalik hujumchisi Ruslan Kachur o'zining ikkinchi o'yinidayoq to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi. “Buxoro”ga qarshi bahs Kachurning benefisiga aylandi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu kuni raqib darvozasiga kiritilgan barcha gollar Ruslan Kachur nomiga yozildi.
Birinchi ligadan chiqqan hujumchi Abdulatif Abduqodirov oliy ligaga tezda kirishib keta oldi. U “Paxtakor” bilan kechgan bellashuvda ham o'zidan yaxshi taassurot qoldirgandi, “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda esa gol urishga erishdi. Uni ham muxlislar tezda yoqtirib qolishdi deya olamiz.
BOSH MURABBIY
Vadim Abramov (“Lokomotiv”)
SHubhasiz, turning eng kutilmagan natijasi Qarshida qayd etildi. Albatta, teng kuchli ikkita tarkibga ega “Lokomotiv”ning imkoniyati baland hisoblangandi, biroq ularning “Nasaf” darvozasiga beshta gol urishini ko'pchilik kutmagandi. Jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov katta hajmdagi ishni olib boryapti. U futbolchilarni ruhlantirishni biladi, kerak bo'lsa “erkatoy” Geynrixni ham o'ynata oladi. Vadim Karlenovich boshchiligidagi jamoa katta o'sishga erishyapti deya olamiz.

Fikrlar