So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Oleg Zoteev: "Raqib himoyasiga bosim o'tkazish maqsadida meni oldinga o'tkazishdi" Yangiliklar

Oleg Zoteev: "Raqib himoyasiga bosim o'tkazish maqsadida meni oldinga o'tkazishdi"

Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Hilol" (2:1) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" futbolchisi Oleg Zoteev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Butun o'zbek futboli shaydolarini ushbu g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekiston jamoalari ushbu mavsumda ham OCHLda kam ochko jamg'arishdi. Biz keyinchalik ham kvotalarimiz uchun ochkolarni jamg'arishga harakat qilamiz. "Lokomotiv" muxlislarga bayram uyushtirib berdi. Albatta bu yutuq barchani birdek xursand qildi. Oxirgi yillarda o'zbek klublari chorak finalga chiqa olmay kelayotgandi. So'nggi bor faqat "Bunyodkor" bu ishni uddalagandi. Biz ham o'z tariximixda ilk bor ushbu bosqichga qadar etib keldik. Natija albatta kishini quvontiradi. Qo'limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirdik va g'alabani qo'lga kiritdik. Birini uchrashuvdan so'ng ularni o'yinlarini diqqat bilan o'rgandik va bazi o'zgarishlarga amalga oshirildi. SHu boisdan ham men himoya chizig'idan qanot yarim himoyasiga o'tkazildim. Ularning "Al Hilol"ni chap qanotiga ko'proq xavf solib, bosimni kuchaytirish maqsadida murabbiylar ushbu o'zgarishga qo'l urishdi. Eski joyimda o'zimni yaxshi his etdim. O'yin yomon bo'lmadi deb o'ylayman.  Keyingi bosqich? Bu ko'p jihatdan jamoamiz sentyabr oyiga qanday holatda etib kelishiga bog'liq. Biz nima bo'lgan taqdirda ham uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Qanchalik uzoqroqqa borsak, o'zbek futboli uchun shuncha yaxshi bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика