So’nggi yangiliklar

01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 01:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 1:0 (матнли трансляция)  35 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  0 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  4 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  12 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  15 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Oleg Zoteev Nasafga qarshi o'yin, ilk goli va bo'lajak derbi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Oleg Zoteev Nasafga qarshi o'yin, ilk goli va bo'lajak derbi haqida fikr bildirdi

Teglar :  AndijonOleg Zoteev
Andijon etakchisi va sardori Zoteev Nasafga qarshi o'yin, ilk goli va Navbahor bilan bo'ladigan bo'lajak bellashuv borasida Andijon matbuot xizmatiga fikrlarini aytib o'tdi.

«O'z maydonimizdagi birinchi o'yindan taassurotlar alo darajada. Ochilish o'yinida katta bayram bo'ldi. Juda qiyin uchrashuv kechdi. Menimcha, ishqibozlarga yoqadigan yoqimli o'yin bo'lib o'tdi. Bunday qo'llab-quvvatlov bilan faqat g'alabaga erishish kerak. Har qanday holatda ham muxlislarimiz biz bilan birga. Ajoyib atmosferada to'p surish boshqacha.

Albatta, birinchi golimni uraman deb kutmagandim. Har doim yaxshi va sifatli o'yin ko'rsatish va jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shish maqsadini oldimga qo'yaman.

«Nasaf»ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ishonamanki, o'yindan-o'yinga «Andijon» kuchayib boradi va biz qo'shishimiz kerak. Bu yil jamoamiz o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun kurashadi. Vaqt hamda sabr kerak. Biz esa oxirigacha harakat qilamiz.

Dastlabki turlarda hamma jamoa deyarli bir xil holatda bo'ladi. Ko'proq ishlashimiz kerak. O'ylaymanki, «Andijon»ga bitta g'alaba etishmayapti. Bitta g'alabaga erishsak, o'yin ham yanada «ochilib» ketadi.

Hamma muxlislarni Namanganda qiziqarli o'yin kutyapti. Vodiy derbisiga qiziqish katta. Oddiy o'yinlar qolmagan. Raqibni yaxshi o'rganib, tahlil qilamiz va jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz», — deydi Oleg Zoteev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика