So’nggi yangiliklar

14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  0 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  20 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  2 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   8 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  7 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  22 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1

Old Trafford menga yangi hayot taqdim etdi. Vaqtni dog'da qoldirgan inson hayoti Yangiliklar

Old Trafford menga yangi hayot taqdim etdi. Vaqtni dog'da qoldirgan inson hayoti

Gollandiyalik futbolchi eng gullagan davri va sekin-asta yoshlarga yo'l berish kerak deyiladigan vaqt borasidagi fikrlarni yo'qqa chiqarib tashladi.

Yangi asr boshida “Yuventus”da Buffon bilan raqobatni boy bergan, ammo bugungi kunda u bilan bir qatordan joy olgan darvozabon. Boshqa sportchilarnikiga o'xshamaydigan faoliyat tarixi.

Edvinning qadrdon do'sti Yaap Visser u haqidagilarni barcha bilishi kerakligi va futbolchi faoliyatiga bag'ishlangan biografiya yozish niyatidaligini bilgan posbon, uning hayotida o'quvchilarga qiziq bo'ladigan hech nima yo'qligidan xavotirga tushgandi. Bu masalaga to'xtalar ekan Van der Sar shunday deydi: «I’m just not very rock’n’roll».

Lui van Gal, Ruud Broring va qartalar
Qaxramonimiz Gollandiyaning kichik blir qishlog'i Vorxautda dunyoga keladi. Uydan qochib, mashinalarni olib qochib ketmagan, jiddiy qiyinchiliklar sabab qurilishda ishlamagan. G'arbiy Evropadagi ko'plab yoshlarnikiga o'xshash bolalik yillari.

Avvaliga u boshqalardan hech bir jihati bilan ajralib turmasdi. Unchalik yaxshi o'ynay olmaganlar esa, o'sha Gollandiyada ham, darvozaga turishga majbur bo'lardi. Ana o'shanda Edvin o'ziga o'zi so'z bergandi: «Bu so'nggi bor futbol o'ynashim. Darvozaga qaytib hech qachon turmayman». Ammo o'zining baxtiga u so'zida tura olmadi.
“Uchar golland” haqida biz bari bir bilmay qolishimiz mumkin edi agar Lui van Gal bo'lmaganida. O'shanda Lui hozirgidek mashhur shahs emasdi. U shunchaki Amsterdamning «Ayaks» klubida Leo Benxakkerning yordamchisi bo'lib faoliyat olib borardi.

Ruud Broring - van der Sarning dastlabki murabbiyi, kunlarning birida Lui bilan qarta o'ynab turib, uning darvozabon qidirayotganini eshitadi.
«Menda bir variant bor», - deydi Broring. Jamoada Edvindan kuchsiz bo'lmagan darvozabonlar bor edi. Ammo ularning hech qaysinisi o'yinni Sar kabi o'qiy olmas va to'p bilan mohirona muomalada bo'lolmasdi.


U Edvinga ishonardi va alohida, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borardi.


«Ayaks», van Gal va total futbol uchun maxsus darvozabon
Lui van Gal necha yillar avval hamyurtlari o'ylab topgan o'yin uslubi – total futbolni qayta tiklash va rivojlantirish niyatida edi. Buning uchun esa unga nafaqat darvozada turib, to'plarni ushlab oladigan darvozabon, balki jarima maydonini tark etib, bugungi kunda unutilib borayotgan oxirgi himoyachi rolini bajarishi zarur edi. Va u rejalarini amalga oshirishda o'zi kerakli yigitni topdi.

«Ayaks»da van der Sar avvaliga asosiy posbon Menzoning o'rinbosari bo'lib, zaxirada o'tirishga majbur edi. SHu sabab bir necha bor ijaraga ketish niyati borligini bildirgan, ammo Lui bu boradagi takliflarni ko'rib ham chiqishni istamagan. U Edvinga ishonardi va alohida, kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borardi. U yoki bu vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini tushunishi uchun darvozabonga vaqt kerak bo'lgan. Sababi bu usuldan foydalanganda istalgan daqiqada raqib to'pni kiper ustidan oshirib tashlab qo'yishi mumkin edi.


Bu kabi o'yin uslubi va bir necha xatolar posbonga yangi “ism” sovg'a qilinishiga sabab bo'ldi - «van der Gol».


Stenli Menzo «Oser» bilan o'yinda ikki bor qo'pol xatoga yo'l qo'yadi va raqib bu vaziyatlardan unumli foydalanadi. Bungacha 1991 yilda Leo Benxakker istefoga chiqariladi va uning o'rnini Lui van Gal egallaydi. Lui darhol Edvinga imkoniyat berdi va adashmadi.

«Ayaks» yana avval bo'lgani kabi ham ichki chempionatda, ham xalqaro arenada katta kuchga aylana boshladi. UEFA Kubogi-1992, CHempionlar Ligasi-1995, uch bor Gollandiya Kubogi, to'rtta chempionlik unvoni – bularning barchasini Edvin etti yil ichida yutishga ulgurdi. Bundan tashqari 96 yilda «Yuventus»ga imkoniyat boy berilgan final ham bo'lgan. O'sha o'yinda g'olib o'yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlangan. Ammo omad Lui va Edvin jamoasiga kulib boqmagan.

«Van der gol»
1999 yili van der Sar Turinning «Yuventus» klubiga ko'chib o'tadi va o'sha ondayoq klub tarixiga kiradi. Sababi u klubda italiyalik bo'lmagan birinchi darvozabon edi. Ammo boshqa harakatlari, xizmatlari sabab klub tarixiga kirish gollandiyalikka nasib etmadi.

Buning ajablanrli tomoni yo'qdek. Sababi Italiyada darvozabon tushunchasi boshqa joylardagidan biroz farq qiladi. Jamoalar chuqur himoyadan o'ynashini inobatga olsak, posbon faqatgina darvoza chizig'ida ishonchli harakat qilsa bas.

Italiyadagi dastlabki uchrashuvlaridan birida Edvin  jamoadoshi Paolo Monteroga to'pni etkazib beradi, himoyachi esa esankirab qoladi va to'pni o'ylab o'tirmay maydon tashqarisiga tepib yuboradi. Van der Sardan esa bu ishni qaytarmaslik va himoyadagilarni qiyin axvolga solib qo'ymay, oldinga tepib yuborishini so'raydi. Karlo Anchelotti ham van der Sardan tavakkal qilmaslik va to'pni oldinga tepib yuborishni so'raydi.

Bu kabi o'yin uslubi va bir necha xatolar posbonga yangi “ism” sovg'a qilinishiga sabab bo'ldi - «van der Gol».

2001 yilda jamoa rahbariyati Jiji Buffon transferiga juda katta summa sarflashga qaror qiladi va gollandiyalik yigit tumanli albionga yo'l oladi.

Angliyada van der Sar «Fulxem» jamoasida to'p tepa boshlaydi. U hech qachon bu jamoa o'zi uchun yangi darajaga chiqish yo'lidagi zinaning bir pog'onasi ekanligini yashirmagan.  
O'sha yillari gollandga «Arsenal» qiziqish bildiradi, ammo hozirda o'rganib ulgurganimiz, Arsen Venger yana bir omadli transferni qo'ldan chiqaradi. Kim biladi deysiz, balki bunga o'sha vaqtda Yens Lemann yaxshi sport formasida ekanligi sabab bo'lgandir.  

Manchesterdagi davr
Ser Aleks uzoqni ko'ra olishi hech kimga sir emas. Va transferlar borasida ham Ser hamkasbi Arsen Vengerdan yaxshiroq bo'lsa yaxshiki, undan qolishmasligi aniq. U darvozaga mustahkam devor qidirayotgan edi. Bosnich, Bartez yoki Xovard kabilar esa jamoa darajasiga va talablariga javob bermasdi.

90 yillar oxirida Fergyuson klub rahbariyatidan Peter SHmeyxel faoliyatini yakunlashga yaqin bo'lgani sabab, Edvinni sotib olishni so'raydi, ammo... Negadir uning fikrini qo'llab-quvvatlashmaydi.

Ammo darvoza chizig'i jiddiy yo'qotishga uchrayotgani va bu yo'qotishni sezdirmaydigan futbolchi yo'qligi sabab, SAF o'z bilganicha ish ko'radi. O'sha vaqtlarda jamoada Gollandiya termasining yana bir futbolchisi Rud van Nistelroy harakat qilardi. “MYU darvozasini ishonib topshirsa bo'ladimi, u jamoaga o'tishni va sovrinlar yutishni istaydimi”, - degan savolga hujumchi: “Albatta, kouch. U eng yaxshisi!”, - deb javob bergan.

Oradan bir yil o'tib, Ruud «Real»ga o'tib ketdi, uning maslahati bilan sotib olingan “qariya” esa yana 6 yil jamoaga befarq bo'lmagan barchani o'zining ishonchli... mmm... ajoyib o'yini bilan xushnud etdi. Vanihoyat, «Manchester Yunayted» top darajadagi darvozabonga ega bo'ldi. Avvaliga ko'pchilik «mankunianlar» va Edvin van der Sar hamkorligi uzoqqa bormasligini tahmin qilgandi.

Manchesterda o'tgan 6 yil davomida: CHempionlar Ligasi-2008, 4ta chempionlik sovrini, 3 bor Angliya Kubogi, yana 2 bor Angliya Liga Kubogi va klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati bosh sovrini qo'lga kiritildi.

2011 yil CHempionlar Ligasi finalida maydonga tushgan posbon musobaqa hal qiluvchi uchrashuvida harakat qilgan eng yoshi ulug' futbolchiga aylandi va yana bir bor tarixga kirdi. 2008 yilda MYU CHLda zafar quchishida ham gollandning xizmatlari katta. Ha, aytgancha, shu tariqa u ikki xil klub bilan CHempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan birinchi darvozabonga aylandi. «Van der Gol» uchun yomon natija emas.


Vanihoyat, «Manchester Yunayted» top darajadagi darvozabonga ega bo'ldi.

«Old Trafford» menga yangi hayot berdi, - degandi Edvin intervyularidan birida. Darhaqiqat, bu uning «yangi hayoti» edi. van Gal konspektlari yana Edvinga as qotdi. Uning o'yin uslubi «Yunayted»ni yanada kuchli qildi. O'shanda kombinaciyalarning jamoada darvozabon boshlab berishi ajablanarli holat bo'lmay qoldi. To'pga chiqishdagi harakatlar, darvoza chizig'idagi o'yin – barchasi bor edi unda. Ideal darvozabon.

«Men van der Sarni Premer-liganing eng kuchli posboni deb bilanman. Va gap faqatgina uning seyvlarida emas, gap uning bevosita o'yini haqida», - degandi Fergyuson.
2011 yilda buyuk darvozabon qo'lqoplarini echib shkafga joylab qo'ydi va kalitni uloqtirib yubordi. Ammo 4-divizionda harakat qilayotgan qadrdon «Nordveyk» qiyin axvolda, darvozabonsiz qolgan pallada o'z tarbiyalanuvchisidan yordam so'radi va van der Sar yana maydonga qaytdi. Faqatgina bir o'yinga! 2016 yilning 12 martida 45 yoshli posbon van der Sar «Djodan Boyz»ga qarshi maydonga tushdi va penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Van der Sarning hayoti faqatgina futboldan iborat emas
Gollandiyalikning shahsiy sayti bo'lib «Edwinvandersarfoundation.com», uerda sobiq fubolchi bosh-miya jarohatiga uchragan insonlarga yordam berish yo'lida amalga oshirayotgan loyihalari, reajalari bilan o'rtoqlashib boradi. Hammasi 2011 yilda, qaxramonimizning ayoli shu kasallikka duchor bo'lganda, boshlangan. 2017 yil fond 5 yoshga to'ldi va shu sabab Edvin butun Gollandiya bo'ylab maxsus yubiley turni tashkil etdi. SHuningdek, van der Sar jonivorlarni yaxshi ko'radi va muntazam ularni himoya qiluvchi fondlarga hayriya puli o'tkazib turadi.

U o'zining ajoyib faoliyatini 41 yoshda yakunladi. Bu yoshda va bu darajada faoliyatini yakunlash hammaga ham nasib etavermaydi.

Buyuklar aynan shunday ketadi. Istalgan sohaning faqatgina eng mashhur yulduzlari buni uddasidan chiqadilar. O'z vaqtida faoliyatni yakunlash! Bu narsani maktabda, kollej yoki institutlarda o'rgatishmaydi. Bu insonga tabiat tomonidan beriladi xolos.

Har birimiz uchun bu insondan o'rganish mumkin bo'lgan jihat mavjud.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика