So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  9 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  91 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Olamsport.com: Og'ir atletika. Ayollar jamoamizda ham Olimpiada yo'llanmasi! Yangiliklar

Olamsport.com: Og'ir atletika. Ayollar jamoamizda ham Olimpiada yo'llanmasi!

Teglar :  Olamsport.com
Toshkentda o'tayotgan Osiyo chempionatining ayollar o'rtasidagi so'nggi, +75 kg vazn toifasi vakillari supachaga chiqib kelishdi.

Ushbu vaznning “A” guruhida 7 nafar atlet ro'yxatga olingan edi. Mutloq vazn toifasi hisoblangan ushbu yo'nalishda ishtirokchilar og'irligida keskin tafovut ko'zga tashlanib turgandi. Tarkibda terma jamoamiz azosi, jahon chempionati ishtirokchisi, 2015 yil o'tkazilgan Osiyo chempionati siltab ko'tarish mashqida bronza medalni qo'lga kiritgan 20 yoshli Omadoy Otaqo'zieva ham bor. Aslida, uning doimiy vazni 75 kg ekanligini ham, shu o'rinda eslatib o'tish joiz.

Dast ko'tarish mashqlariga etibor qaratamiz. Omadoy yurishni 88 kg bilan boshladi. Albatta uning chiqishida o'ziga ishonch yaqqol ko'zga tashlanib turgandi va shu bois keyingi gal buyurtmani 92 kg ga oshirdi. Ammo 95 kg natija qayd etishning iloji bo'lmadi, hozircha u 5-o'rinda. Kurash yuqoridagi 3 nafar sportchi o'rtasida o'tdi. Kenjantuk uchala urinishni ham muvaffaqiyatli bajardi – 97, 101, 105 kg. Buyurtmani keskin oshirib yuborgan SHimoliy Koreya vakili Kuk Hyang Kim 122, 127 va 131 kg toshlarni tap tortmay ko'tarishning uddasidan chiqdi. Raqibalari chiqishidan so'ng mashqni 128 kg bilan boshlagan Pulsabsakul hatto 132 kgni ham xotirjam ko'tardi. CHempionlikni avvaldan naqd qilgan qiz so'nggi urinishda 134 kg toshni bo'ysindira olmadi.

Siltab ko'tarish mashqlarida Omadoy birinchi va ikkinchi chiqishida 110 kgli buyurtmani ololmadi. So'nggi chiqishida ushbu ko'rsatkich bilan qita chempionatidagi yurishini yakunladi. Yana 5-o'rin.

Xabarning davomi olamsport.com saytida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика