So’nggi yangiliklar

12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  0 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  6 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  11 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  7 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  11 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  19 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  32 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  250

OKMK yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: yangi legionerlar, o'quv-mashg'ulot yig'inlari va nazorat uchrashuvlari Yangiliklar

OKMK yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: yangi legionerlar, o'quv-mashg'ulot yig'inlari va nazorat uchrashuvlari

O'tgan mavsum sovrinli uchlikdan keyingi o'rinni egallagan olmaliqliklar yangi mavsumga qay darajada tayyor?

Mirjalol Qosimov shogirdlari yangi mavsumda ham sovrinli o'rinlar uchun kurasha olishadimi?

Tarkib va transferlar

OKMK jamoasi o'tgan mavsumdagi asosiy tarkibini deyarli saqlab qoldi va asosiy tarkibda ham katta o'zgarishlar deyarli ro'y bermadi. Jamoani 4 nafar futbolchi tark etdi va eng katta yo'qotish shubhasiz gruziyalik legioner Giorgi Papava bo'ldi, olmaliqliklar tarkibida bor-yo'g'i yarim mavsum to'p tepgan amaldagi chempion "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. OKMK safini yana bir tajribali o'yinchi Artyom Filiposyan ham tark etdi va "Surxon" jamoasiga yo'l oldi, shuningdek, olmaliqliklar safini Alisher Jalilov va Dan Spataru tark etishdi, Jalilov Dushanbening "Istiqlol" jamoasi bilan shartnoma imzolagan bo'lsa, moldovalik legioner Ruminiyaning "Milsami" jamoasiga borib qo'shildi.

Jamoani tark etgan o'yinchilar va ularning o'rniga sifatli o'yinchilar jamoaga jalb etildi. CHap qanot himoyasiga mashhur Vitaliy Denisov "So'g'diyona"dan kelib qo'shildi. OKMK tarkibiga qo'shilgan yana bir o'yinchi o'tgan mavsum "Surxon" safida to'p tepgan ispaniyalik legioner Ruben Sanches. Bundan tashqari, yana ikki nafar legioner – Ukraina chempionatining "Ingulec" jamoasidan transfer qilingan Ali Salem bo'lsa, ikkinchi legioner Gruziyaning "Samgurali" jamoasidan Irakli Ruxadze bo'ldi.

Murabbiylar shtabi va rahbariyat

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy, o'tgan mavsum "Navbahor"da ishlagan Aleksandr Stoymirovich OKMK bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Yangi mavsumda OKMKda ishlaydigan murabbiylar shtabi: Mirjalol Qosimov (bosh murabbiy), Hikmat Ergashev (katta murabbiy), Aleksandr Volkov (assistent), Xayrulla Karimov (fitness murabbiy), Marat Axmerov (assistent), Aleksandr Stoymirovich (jismoniy tayyorgarlik murabbiy), Pavel Bugalo (darvozabonlar murabbiyi).

O'quv-mashg'ulot jarayoni va mavsumga tayyorgarlik

OKMK yangi mavsumga ikki bosqichli o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bordi. Jamoa avvaliga Dubayda yig'in o'tkazgan bo'lsa, keyinchalik Superliganing klublaridek Antaliyada yig'in o'tkazdi va bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etib, keyinchalik Toshkentda ham nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi.

"Xo'jand" (Tojikiston) – 3:0 hisobidagi g'alaba

"Qizilqum" – 2:0 hisobidagi g'alaba

"Volga" (Rossiya) – 1:2 hisobidagi mag'lubiyat

"Atirau" (Qozog'iston) – 3:0 hisobidagi g'alaba

"Astana" (Qozog'iston) – 1:1 durang

"Metallist 1925" (Ukraina) – 0:1 hisobidagi mag'lubiyat

"Petrokub" (Moldova) – 1:2 hisobidagi mag'lubiyat

OKMK qishki mashg'ulot yig'inlar doirasida 7 ta nazorat uchrashuvini o'tkazdi va 3 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 1 ta durangga erishdi.

Qo'shimcha malumot va yangi mavsumda kutilayotgan natijalar

Jamoa yangi mavsumda medallar uchun kurashish maqsadini o'z oldiga qo'ygan va uni qiyin mavsum kutib turibdi. OKMK jamoasining boshqa klublardan farqi shundaki, jamoa ko'p yillardan beri murabbiyini o'zgartirmayapti. OKMK mavsumni o'z stadionida emas, Toshkentdagi "Jar" stadionida boshlaydi. Sababi olmaliqliklar stadionining maysasi yaroqsiz holatga kelib qolgan. 

OKMK o'tgan mavsum Superliga yakunlariga ko'ra 4-o'rinni egallab, Osiyo CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi va Osiyo CHempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo'l olish uchun Bangladesh chempioni "Bashundara Kingz" jamoasi bilan bahslashadi. Agarda Bangladesh jamoasi mag'lub etilsa, Qatar chempionatining bronza medali sohibi bilan to'qnash keladi.

OKMK jamoasining qiziq jihati shundaki, jamoa o'z safiga ikki nafar yangi legionerni qo'shib oldi va ular o'zini qanday namoyish etishlari juda qiziq, Muhammad Ali Salem Ukraina chempionatining "Ingulec" klubidan transfer qilindi va ushbu futbolchi o'zbek futbol tarixidagi ikkinchi tunislik legioner bo'ldi, Ali Salemdan avvalroq O'zbekiston chempionatida SHakir Zuagi to'p tepgan (OKMK va "Bunyodkor" jamoalarida). Ikkinchi legioner Gruziyaning "Samgurali" jamoasidan OKMK tarkibiga kelib qo'shildi va Giorgi Papavaga o'xshagan holda yaxshi o'yin namoyish etishi umid qilinmoqda.


Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика