So’nggi yangiliklar

15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0

OKMK SM stadioni ochilishi va Olmaliq – Metallurg o'yinidan fotogalereya Yangiliklar

OKMK SM stadioni ochilishi va Olmaliq – Metallurg o'yinidan fotogalereya

16 mart, yakshanba kuni Olmaliqda yangi qurib bitkazilgan, 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion ochilishi bo'lib o'tdi.
Olmaliq FK matbuot xizmatining malum qilishicha, tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan bayram dasturi ancha qiziqarli va hayajonli o'tdi. Sportchilar chiqishlari, kichik koncert dasturlaridan so'ng, stadionni ochib berish uchun so'z rahbariyatga berildi.

O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari - Geologiya, yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari majmuasi rahbari - G'ulomjon Ibragimov, O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov, Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonov, OKMK OAJ bosh direktori Aleksandr Farmonovlar so'zga chiqishdi. SHundan so'ng, davlat madhiyasi sadolari ostida stadionda O'zbekiston bayrog'i ko'tarildi.

Ochilish marosimi doirasidagi koncert dasturi davomida Gulsanam Mamazoitova, shuningdek, yangi stadionda o'tkazilgan ilk rasmiy o'yindan so'ng Alisher Fayz kabi xonandalar stadionga tashrif buyurgan mehmonlarni o'z qo'shiqlari bilan xursand etdi. Olmaliq – Metallurg uchrashuvi esa 3:2 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo'ldi.

Quyida Olmalik kon-metallurgiya kombinati sport majmuasi stadioni ochilishi va Olmaliq – Metallurg uchrashuvidan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov (O'zPFL matbuot xizmati).

Foto: Hasan Pirmuhamedov (O'zPFL matbuot xizmati). Xabar Olmaliq FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика