OKMK futbol klubi shifokori notanish bolakayning hayotini saqlab qoldi
16 iyu 2023 18:46
Yangiliklar
OKMK futbol klubi shifokori notanish bolakayning hayotini saqlab qoldi
Sababi, tatilda bo'lgan OKMK futbol klubi shifokori Islom Abaev 6-iyul sanasida o'z do'stlari bilan CHirchiq daryosi bo'yida dam olayotgan chog'ida bir insonning hayotini saqlab qolishi mumkinligini tasavvur ham qilmagandi. Biroq 10 yoshli bolakayning suvda cho'kish xavfi bilan oqib ketayotganligini ko'rib, o'z jonini xatarga qo'ygan holda daryoga sho'ng'idi va uning hayotini saqlab qoldi.
Qutqaruv natijasida Abaevning o'zi ham biroz shamollab qoldi va kerakli muolajalarni oldi. SHifokorimiz mashg'ulotlarga qaytgach, OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qo'shoqovich jamoa azolariga halaskor qahramonligi haqida so'zlab berdi hamda Islom aka ahil jamoa tomonidan munosib ravishda rag'batlantirildi.
Bu kabi harakat nafaqat shifokorlarga, balki barcha insonlarga hos hislatdir va OKMK jamoasi bunday oliyjanob kishilar uning safida ham borligidan faxrlanadi!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar