So’nggi yangiliklar

22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  0 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  0 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  3 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  1 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  39 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  7 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41 16:10NBA юлдузи АПЛ клуби раҳбариятига кириши мумкин  0

OKMK bilan o'yindan keyin "Neftchi" hakamlikdan shikoyat qildi Yangiliklar

OKMK bilan o'yindan keyin "Neftchi" hakamlikdan shikoyat qildi

"Neftchi" kecha O'zbekiston Superligasining qoldirilgan 17-tur bahsida Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ldi.

Ushbu bahsdan keyin "Neftchi" matbuot xizmati hakamlik borasidagi shikoyatlarini yozib o'tdi.

"Uchrashuv haqida malumotga egasiz,jamoamiz 89 daqiqada Muhsin Ubaydullaevning goli evaziga muhim ochkoni qo'lga kiritdi.Bellashuvda eng esda qolarli voqealar ko'p bo'ldi va ushbu voqelikka bosh hakam va VAR hakamlarining qarorlari turtki bo'ldi, deb aytsak aslo mubolag'a bo'lmaydi. CHunki, uchrashuvning birinchi bo'limidagi belgilangan penalti juda ham bahsli holat hisoblanadi. Tajribali Lutfulla To'raev Sanjar Tursunovga nisbatan qoida buzilgan deb topilishi bu inson omillari nuqtai nazariga to'g'ri keladimi?  Yani, chap oyog'ini ko'targan To'raev o'ng oyoq uchini erga qo'yganda Tursunov oyog'i uning tagiga kelib qolgan. To'raev uning oyog'ini bosmasligi uchun havoda kamida 3 sekund turishi zarur edi. Lekin hakam VARga murojaat qildi yoki VARdagilar Tantashevga murojaat qilishdi. Malumot o'rnida, bugungi o'yinda VAR hakami LUTFULLIN xisoblanadi  Lutfullin oxirgi ikki turdan beri muxlislarimizga ancha tanish bo'lib ulgurgan. Sababi, ushbu hakam jamoamiz ishtirokidagi so'nggi "So'g'diyona" bilan.bo'lib o'tgan bahsda ham ikki golimizni hisobga olmagan edi.Lutfullinning  qarorlaridan norozi bo'lgan muxlislarimiz maydonga chiqib kelganligini qayd etgan tartib intizom qo'mitasi jamoamizga "Yaxshigina" jarima ham qo'llagani hech kimga sir emas. Xullas, ushbu hakam bugungi uchrashuvda ham VARda faoliyat olib borib, jamoamiz darvozasi tomon penalti belgilanishida juda katta rol o'ynadi.Bundan esa unumli foydalanib, gol urgan OKMK jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. SHundan so'ng jamoamiz tomonidan 44 daqiqada kiritilgan javob to'pini Tantashev  inobatga oldi, biroq VAR hakamlarining qarorlari bilan gol yana bekor  qilindi. 

Ikkinchi bo'lim avvalida yana katta sahnaga bosh hakam bilan VAR hakamlari chiqishdi. Maydon markazida Mirzohid G'ofurov bilan to'p uchun kurashda o'ta qo'pol zarba ishlatgan  Islom To'xtaxo'jaevga bosh hakam Tantashev ikkilanib o'tirmay futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi. Biroooqqq,  VAR yana ishga tushdi. Tantashev darhol Lutfullinga labbay, deb javob berdi. VARni ko'rib chiqishda o'zida jasorat topa olgan Tantashev ushbu vaziyatda qizil kartochka yo'qligi va bu vaziyat faqat ogohlantirish bilan kifoya qilish mumkinligini jamoatchilikka ko'rsatib berdi. Vaholanki, Mirzoxid G'ofurov ushbu vaziyatda jarohat oldi va ko'p o'tmay esa ushbu jarohat tufayli maydonni erta tark etishiga to'g'ri keldi. 

Bundan tashqari uchrashuvning 85 daqiqadasida jamoamiz burchak to'pi tepish xuquqiga ega bo'ldi. To'pni Muxitdinov raqib jarima maydonchasi ichiga chiroyli etkazib berdi. To'p uchun kurashda esa Anvar G'ofurovga nisbatan raqib futbolchisi qo'pol o'ynadi va to'pni maydondan uzoqlashtirib tepib yubordi.  Ushbu vaziyatda VAR hakamlari Tantashevga mazkur holatni qayta ko'rib chiqish uchun ogohlantirmadi ham...  

SHundan so'ng jamoamiz gol urishga erishdi. Yaxshiyamki, ushbu vaziyatda qoida buzilishi mumkin bo'lgan holat yo'q edi, bo'lmasa bilmadik... 

SHunaqa gaplar, do'stlar!  

Oldinda jamoamizni yana bir qiyin o'yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 31avgust kuni  "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. Qiyin uchrashuv deyilishiga sabab ikkita. Birinchisi, ushbu vodiy derbisi uchrashuviga namanganlik hakam tayinlangani bo'lmoqda. Xabaringiz bor, jamoamiz O'zbekiston Superligasi 17-turidan so'ng aynan Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan ochkolari soni bo'yicha teng. Ushbu uchrashuvga nega aynan namanganlik hakam tayinlangani juda ham taajjubli. Ikkinchi omil, "Andijon" jamoasi ham hozirda ancha kuchli o'yin ko'rsatmoqda va jamoalarning turnir jadvalidagi o'rni muhim xisoblanmaydi. Derbi o'z o'zidan derbidir. 

Xullas, muxlislarimizga sabr tilagan holda jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarda yolg'izlatib qo'ymasliklarini so'rab qolamiz", - deb yoziladi klub matbuot xizmati bayonotida.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика