So’nggi yangiliklar

21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  2 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  21 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  10 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 5:4  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  370 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24

OK-2023 saralash bosqichi. O'zbekiston Maldiv orollari darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi, SHomurodovdan xet-trik Yangiliklar

OK-2023 saralash bosqichi. O'zbekiston Maldiv orollari darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi, SHomurodovdan xet-trik

Osiyo Kubogi saralash bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Maldiv orollari uchrashuvi yakunlandi.


Maldiv orollari – O'zbekiston 0:4

Bosh hakam: Masud Tufayli (Suriya)

Qanot hakamlari: Mazin Zazfun, Fadi Mahmud (ikkisi – Suriya)

To'rtinchi hakam: Ali Rido (Livan)

Namangan, "Navbahor" stadioni, 20.30

Gol: 0:1 — 2, SHomurodov, 0:2 — 51, SHomurodov, 0:3 — 80, SHomurodov, 0:4 — 86, O'runov.

Maldiv orollari: 22.Muhammad Faisal, 2.Samuh Ali, 3.Ahmad Numan, 4.Husayn Sifau Yusuf, 7.Ali Fasir, 8.Aisam Ibrohim, 10.Hamza Muhammad, 13.Akram Abdul G'ani, 14.Haisham Hassan, 17.Ibrohim Mahudi, 23.Husayn Nihon

Zaxira: 1.Husayn SHarif, 18.Hassan Alif, 5.Sufianu, 6.Muhammad Umair, 9.Abdulla Yamin, 11.Ahmad Hassan, 12.Muhammad Saif, 15.Amdan Ali, 16.Hassan Raif Ahmad, 19.Naiz Hassan, 20.Hassan SHifaz, 21.Irrohim Vohid Hassan

Murabbiy: Franchesko Moreiro (Italiya)

O'zbekiston: 12.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 18. Abdulla Abdullaev, 7. Otabek SHukurov, 9. Odil Hamrobekov, 17.Doston Hamdamov, 20.Azizbek Amonov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 16.Valijon Rahimov, 2.Umarbek Eshmurodov, 6.Sardor Sobirxo'jaev, 8.Dilshod Saitov, 11.SHerzod Temirov, 13.Islomjon Qobilov, 15.Oston O'runov, 19.Azizbek Turg'unboev, 21.Igor Sergeev, 22.Oybek Bozorov, 23.Husniddin Aliqulov

Bosh murabbiy: Srechko Katanec (Sloveniya)


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! O'zbekiston terma jamoasi yirik hisobda g'alaba qozonib, Osiyo Kubogi yo'llanmasini deyarli hal qildi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. Turg'unboev o'ng qanotdan juda chiroyli zarba amalga oshirdi, birozgina aniqlik etishmadi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Oston O'runov hisobni yanada yirik ko'rinishga keltirdi!

82. O'zgarish: Eldor SHomurodov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev maydonga tushirildi.

81. Akram Abdul G'ani ogohlantirildi.

80. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! SHomurodovdan xet-trik!

79. Maldivda birato'la uch o'zgarish: Hamza Muhammad, Ibrohim Mahudi va Husayn Sifau Yusuf maydonni tark etdi, Abdulla Yamin, Hassan Raif Ahmad va Hassan SHifaz o'yinga qo'shildi.

76. SHukurovni hakam kechirdi, aks holda Otabek ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanardi.

73. SHukurov Oston O'runovni nishonga oldi.

70. Maldiv futbolchisi bizning jarima maydonchada yiqildi, hakam penaltiga asos yo'q deb topdi.

69. Turg'unboev hujumda qo'pollik ishlatdi.

68. Rustam Ashurmatov burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. 

65. Bozorov ikki raqibini aldab o'tdi, uchinchisiga kelganda kuchi etmadi.

62. Hamrobekovning zarbasini raqib posboni qaytardi, burchak zarbasi.

61. O'zgarish: Masharipov o'rniga O'runov maydonga tushirildi.

60. SHomurodov Sayfievni qulay vaziyatga chiqarmoqchi bo'lgandi, himoyachilar to'pni qaytardi.

58. Xavfli vaziyat. Yana Masharipov vaziyatni ko'kka sovurdi.

56. Maldivda o'zgarish: Husayn Nihon zaxiraga olindi, Muhammad Umair o'yinga qo'shildi.

53. Maldivda o'zgarish: Ali Fasir o'rniga Naiz Hassan o'yinga qo'shildi.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! SHomurodov oradagi farqni oshirdi, yaxshiyam shu futbolchimiz bor ekan!

50. Maldiv futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, uni zambilda maydon chetiga chiqarishdi.

Borimiz shu, qadrdonlar, asabni asrang.

48. Otabek SHukurov raqib futbolchisini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

47. Masharipov raqib futbolchilarini aldash chog'ida to'pni yo'qotdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: Azizbek Turg'unboev Azizbek Amonov o'rniga, Oybek Bozorov Doston Hamdamov o'rniga maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Masharipov qarshi hujumdan foydalana olmadi, qanday vaziyat yuzaga kelgandi.

45. ZARBA! Maldiv futbolchisining zarbasidan so'ng Yusupov to'pni qaytardi.

42. Alijonovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi, to'p raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

39. Masharipovning zarbasiga jonli devordan nariga o'tmadi.

38. SHomurodovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

36. SHomurodovning uzatmasini raqib himoyachilari qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

35. Amonov to'p og'iga kelgach, hayajonlanib qoldi.

33. Jamoamiz hujumlar tashkillashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Hujumlar faqat SHomurodov tarafga qaratilmoqda.

30. Hamrobekov raqib oyog'ini tepgani uchun ogohlantirildi.

30. SHomurodovning zarbasiga himoyachi oyog'ini qo'yib qoldi.

29. Maldiv futbolchisidan zarba, O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi.

26. Maldiv futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

24. Amonovning zarbasi darvozadan bor-yo'g'i 3 metr yuqoriga parvoz qildi.

23. SHomurodov-Masharipov juftligidan yana bir hujum ko'ngildagidek tugamadi.

22. SHomurodov yana ofsaydda qolib ketdi, takroriy vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lmaganini ko'rdik.

19. Himoyachilarimiz xatosidan raqib unumli foydalanishiga bir bahya qoldi.

17. SHomurodovning pasidan so'ng Masharipov zarba yo'lladi, raqib himoyachisi to'pga to'g'anoq bo'ldi.

16. Masharipov to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, SHomurodov yiqitildi, hakam qoida buzilmaganini takidladi.

13. Amonov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, raqib posboni to'pni qaytardi.

11. SHukurov SHomurodovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini bildirdi.

10. Maldivliklarning hujumi yakuniga etmay qoldi. O'ng qanotga oshirilgan to'pga qizillar futbolchisi etolmadi.

9. Maldiv futbolchilari "avtobus" qo'ymasdan, o'yin boshidan buyon faol hujumga o'tishmoqda, bu tahsinga loyiq.

8. CHap qanotdan boshlangan hujumni Maldiv futbolchilari bartaraf etishdi.

5. Hamdamovning o'ng qanotdan markazga uzatmasiga sherigi etolmadi.

4. ZARBA! Masharipovning chap qanotdan uzatmasini Amonov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, raqib darvozaboni to'pni qaytardi.

2. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! SHOMURODOV raqib xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi!


1. Uchrashuvni o'zbekistonliklar boshlab berishdi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi ko'k, Maldiv orollari qizil rangli libosda harakat qiladi.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda, bugun serial-perial ko'rish yo'q, ayollar xafa bo'lmasin.

Bizga malum bo'lishicha, Eldor SHomurodovni qo'llab-quvvatlash uchun Surxondaryo viloyatidan bir guruh muxlislar tashrif buyurgan.

Ushbu oqshom birato'la ikki terma jamoamiz o'z o'yinini o'tkazadi. 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Iroqqa qarshi Osiyo Kubogi chorak finalida kurash olib borsa, milliy terma jamoamiz biz nisbatan kuchsizroq baholayotgan Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o'yin ham saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi. Birini kuzatishingiz, birini o'qib borishingiz mumkin. Ikkita televizoringiz bo'lsa, ikkalasiniyam tomosha qiling istasangiz. Biz ham sizni zeriktirmaslikka harakat qilamiz.

Bugun O'zbekiston raqib darvozasiga nechta gol ura oladi? Izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotlarni amalga oshirmoqda.

Assalomu alaykum, bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan hamda tashrif buyurmagan muxlislar. Gollarga boy bo'lishi umid qilinayotgan bahs guvohiga aylanmiz. 

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика