So’nggi yangiliklar

19:34Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  0 19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  4 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  7

OK-2023. Manchini Saudiya Arabistoni mashg'ulotida kislorod niqoblardan foydalandi Yangiliklar

OK-2023. Manchini Saudiya Arabistoni mashg'ulotida kislorod niqoblardan foydalandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Osiyo terma jamoalari qita birinchiligida ishtirok etish uchun birin-ketin Qatarga etib borishmoqda.

Musobaqaning favoritlaridan biri Saudiya Arabistoni terma jamoasi 31 dekabr kuni Qatar mamlakatiga etib borgan edi.

Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogi uchun yakuniy qaydnomani elon qildi

Saudiyaliklar 1 yanvardan u erda mashg'ulotlarga kirishishdi. Bosh murabbiy Roberto Manchini terma jamoaning Qatardagi dastlabki mashg'ulotida maxsus gipoksik niqoblardan foydalandi.


Xo'sh, ushbu niqoblar qanday ishlaydi?

Gipoksik niqob - havo kirishini cheklash uchun o'rnatilgan klapanli respiratorning analogidir. Filtrlar orqali nafas olish uchun og'iz va burunga kiyiladi va uchta almashtiriladigan klapanlar yordamida tanaga kiradigan kislorod miqdorini tartibga soladi: ikkitasi kirishda va bittasi chiqishda.

Niqoblar neoprendan tayyorlangan, gidrokostyumlar bilan bir xil materialdir, shuning uchun ular yuzga mahkam o'rnashadi va amalda sportchiga xalaqit bermaydi. Ular dengiz sathidan 910 dan 5500 metrgacha balandlikda ham ishlashga qodir, bu sizga bunday sharoitlarda mashq qilishning afzalliklarini his qilish imkonini beradi.

Balandlikda mashq qilish metabolizmni va eritrocitlarni ishlab chiqarishni tezlashtiradi, shu orqali mushaklarga ko'p kislorod etib boradi. Niqob aerobik mashg'ulotlar sifatini yaxshilashga va sportchilarning chidamliligi, kuchi va tezligini oshirishga yordam beradi.


"Real"ning ketma-ket ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritishida juda katta hissasi bor deyiladigan va ommaga uncha "ko'rinmas" qahramoni italiyalik jismoniy tayyorgarlik murabbiyi Antonio Pintus aynan shunday niqoblardan foydalanadi. Bu niqoblar Pintus metodikasining bir bo'lagi. Manchini ham italiyalik ekanini inobatga oladigan bo'lsak, Roberto hamyurtining "Real"dagi muvaffaqiyatlaridan kelib chiqib o'z ishida ham qo'llashni maqul ko'rgan.


Saudiya mashg'ulotlaridan bunday niqoblar birinchi marta ishlatilmayapti, avval ham gipoksik niqoblar bilan mashg'ulot o'tkazilgani rasmlari chop etilgan edi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini va Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi prezidenti Yasser Al Mishal.


Saudiya hujumchisi Firas Al Brikan.


Salmon Al Farajning o'rniga maydon markazida asosiy rolni bajarishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Muhammad Kanno.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика