

Asosiy yetakchilar tarkibda, faqatgina termaning uzoq yillik sardori Salmon Al Faraj yo'q. 2022 yil O'zbekistonda o'tgan U-23 Osiyo Kubogida porlagan himoyachi Saud Abdulhamid ("Al Hilol") va vinger Ayman Yahyo ("Al Nassr") ham ro'yxatda bor. Terma jamoaning uzoq yillik asosiy qanot himoyachilari Yosir al-Shahroni, Sulton al-Gannam va al-Burayklar umuman yo'q. Roberto Manchini qanot himoyasida o'zgarishlarga qo'l urgan.
26 kishilik ro'yxatdan ushbu futbolchilar o'rin oldi:
Darvozabonlar: Ahmad al-Kassar ("Al Feyha"), Ragid Najjar, Navaf al-Aqidi ("Al Nassr").
Himoyachilar: Saud Abdulhamid, Hassan al-Tambakti, Ali al-Bulayhi, Nosir al-Davsari (barchasi "Al Hilol"), Ali Lajami ("Al Nassr"), Avn al-Saluli ("Al Taavoun"), Hassan Kadesh ("Al Ittihod"), Favaz al-Suqor ("Al Shabab").
Yarim himoyachilar: Eid al-Muvallad ("Al Ahdud"), Muhammad Kanno, Abdulelah al-Malki ("Al Hilol"), Abbos al-Hassan, Muhtor Ali ("Al Fateh"), Abdulrahmon G'arib, Sami al-Naji, Abdulloh al-Haybari, Ayman Yahyo (barchasi "Al Nassr"), Faysal al-Gamdi ("Al Ittihod").
Hujumchilar: Salim al-Davsari, Solih al-Shehri (ikkisi ham "Al Hilol"), Feras al-Brikan ("Al Ahli"), Abdulloh Radif, Fahad al-Muvallad (ikkisi ham "Al Shabab").
Qayd etish kerak, ayni damda Roberto Manchini ushbu terma bosh murabbiyi hisoblanadi.
Osiyo Kubogi boshlanishiga qadar Saudiya Arabistoni termasi 4 yanvarda Livan, 9 yanvarda Falastin hamda 10 yanvarda Gonkong termalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. Jamoaning qita kubogidagi ilk uchrashuvi 16 yanvar kuni Ummonga qarshi bo'lib o'tadi.



