Og'ir jarohat olgan Otabek SHukurov 5 oydan so'ng maydonga qaytdi
08 sen 2019 15:12
Yangiliklar
Og'ir jarohat olgan Otabek SHukurov 5 oydan so'ng maydonga qaytdi
O'zbekiston terma jamoasi azosi Otabek SHukurov mart oyidan buyon ilk bor maydonga tushdi.
25 mart kuni SHukurov terma jamoa safida Xitoyga qarshi bahsda oyog'idan jiddiy jarohat olgan va operaciya qilingan edi. Kecha Amirliklar kubogi doirasida "SHarja" "Ajman" mehmoni bo'ldi. Ushbu bahsda Otabek SHukurov 166 kun yoki 5 oy 13 kundan keyin maydonga tushdi va to'liq o'ynadi.
Saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan Otabekni jarohatidan to'liq forig' bo'lgani bilan tabriklaymiz, boshqa hech qachon jarohat olmasligini tilaymiz.
"SHarja" navbatdagi uchrashuvni 14 sentyabr kuni o'tkazadi. SHu kuni Otabek SHukurov klubi BAA Superkubogi doirasida "Al Ahli" bilan to'qnash keladi.
Amirliklar kubogi. 3-tur
"Ajman" - "SHarja" 0:5
Gollar: Rayan Mendes 24, Rikardo Gomes 35, 61, 75, Koronado 55.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar