So’nggi yangiliklar

10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этди. МЮ футболчига нарх қўйди  0 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  2 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  1 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  2 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3

OFK vakillari Dubayda O'zbekiston MTJ azolari bilan yig'ilish o'tkazishdi FOTO Yangiliklar

OFK vakillari Dubayda O'zbekiston MTJ azolari bilan yig'ilish o'tkazishdi FOTO

O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ayni paytda Dubay shahrida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Bugun OFK vakillari terma jamoamiz azolari joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurib, yig'ilish o'tkazishdi. Yig'ilishda OFKning Dubay shahridagi "Rashid stadium" o'yingohi bo'yicha bosh koordinatori Suminori Goko, Musobaqalarni o'tkazish bo'yicha menejer Hovand Masud, Lorenco Fofi, Marketing bo'yicha menejer Kyu Syao, Media departament vakili Laura Rodriges Rey, Alobaydi Ziyod Muhammad hamda o'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev qatnashishdi.


Dastlab, Suminori Goko O'zbekiston terma jamoasini musobaqada ko'rishdan mamnun ekanini bildirib o'tar ekan, vakillarimizga Osiyo Kubogida omad yor bo'lishini tiladi. SHundan so'ng musobaqa davomida terma jamoamiz azolari qatnashishi kerak bo'lgan barcha rasmiy tadbirlar haqida malumot berib o'tdi.

SHundan so'ng FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev Osiyo Kubogi musobaqasi davomida futbolchilar ahamiyat qaratishi kerak bo'lgan qonun-qoidalarga to'xtalib o'tdi. Futbol o'yini qoidalariga kiritilgan bazi o'zgarishlar haqida murabbiy va futbolchilarni xabardor qildi.
Jumladan, Farhod Abdullaevning xabar berishicha Osiyo Kubogi chorak finaliga qadar uchrashuvlarda darvoza ortidagi hakamlar xizmatidan foydalaniladi. CHorak finaldan boshlab esa ular o'rniga VAR tizimi ishlaydi. VAR tizimi bilan bog'liq ushbu yangilik haqida ancha oldin xabar bergan edik.

Osiyo Kubogi guruh bosqichida VAR ishlatilmaydi

Bundan tashqari, Osiyo Kubogidan o'rin olgan uchrashuvlarda simulyaciya ishlatib, o'yin vaqtini ataylab cho'zishga uringan futbolchining xatti-harakatlari uchun terma jamoa 1000 AQSH dollari miqdorida jarima to'laydi. Havodagi to'p uchun kurashda qo'llarini ishga solib, hakamga bildirmasdan raqib yuziga zarba yo'llashga uringan futbolchilarning harakatlari ham qatiy tarzda jazolanishi bo'yicha hakamlarga topshiriq berilgani malum bo'ldi.

Farhod Abdullaev qisqa videoroliklar yordamida murabbiy va futbolchilarga o'yindagi vaziyatlarni namoyish qilib, hakam tomonidan jazolanmaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi haqida tushuncha berib o'tdi.

Yig'ilish yakuniga etgandan keyin O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ishtirokida foto va videosessiya uyushtirildi. Uchrashuvlardan avval maydondagi tablolarda tarkib tanishtirilayotganda namoyish etiladigan videolavhalar va gol kiritilgan vaziyatlarda qo'yiladigan roliklar uchun suratga olish ishlari tashkil etildi.



Bundan tashqari, milliy terma jamoa menejerlari va delegaciya rasmiylari uchun yana alohida miting bo'lib o'tdi. Ushbu mitingda O'FA Terma jamoalar departamenti direktori SHarofiddin Hojiniyozov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i Diyor Isametdinov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Olim Arifov, O'FA Matbuot xizmati boshlig'i Yoqubjon Bobojonov, terma jamoa mamurlari Sarvar Tojiev va SHukrullo Ashurovlar qatnashishdi.


Ushbu miting davomida terma jamoa azolarining mashg'ulot o'tkazish, o'yinga kelish va ketish tartibi, o'yindan avvalgi va keyingi matbuot anjumanlari, flesh-intervyular va boshqa rasmiy tadbirlar bo'yicha muhim malumotlar berib o'tildi. Milliy terma jamoa futbolchilari va rasmiylari uchun OFK tomonidan tayyorlangan akkreditaciyalar taqdim qilindi.

SHifokorlar uchun tashkil etilgan mitingda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Abror Pirriev hamda shifokor va massajchi xodimlar qatnashishdi. Ularga ham o'yin davomida amal qilish zarur bo'lgan qonun-qoidalar bo'yicha malumotlar berib o'tildi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика