OFK taqdirlash marosimida Sardor Rahmatullaev va Olim Arifov ishtirok etadi
29 noy 2015 12:05
Yangiliklar
OFK taqdirlash marosimida Sardor Rahmatullaev va Olim Arifov ishtirok etadi
Bugungi Nyu Delidagi taqdirlash marosimi oldidan kecha OFK Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston nomidan O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev hamda O'FF etakchi mutaxassisi Olim Arifov ishtirok etdi.
Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga davogar sifatida qayd etilgan "Bunyodkor"ning uch futbolchisi - Doston Hamdamov, Eldor SHomurodov va Zabihillo O'rinboev Hindistonga borishmagan. Ularning biriga taqdim etiladigan sovrinni Sardor Rahmatullaev qabul qilib oladi.
OFK nominantlarni juda kech elon qilgani uchun "Bunyodkor" o'z futbolchilariga viza olishga ulgurmagan.
Eslatib o'tamiz, taqdirlash marosimi mahalliy vaqt bilan 19:00da (Toshkentda 18:00da) boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar