So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

OFK statistikasi: O'zbekiston U-20 – joriy qita birinchiligida eng ko'p fol ishlatayotgan terma jamoa Yangiliklar

OFK statistikasi: O'zbekiston U-20 – joriy qita birinchiligida eng ko'p fol ishlatayotgan terma jamoa

Osiyo futbol konfederaciyasi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogiga aloqador statistik malumotlarni hisoblab bormoqda.

Unga ko'ra, O'zbekiston eng ko'p fol ishlatgan terma jamoa bo'lib turibdi:

1. O'zbekiston – 34 marta;

2. Avstraliya - 33;

3. J.Koreya – 28;

4-5. Eron – 24;

4-5. Tojikiston – 24.

Eng ko'p fol ishlatgan futbolchilar qatorida ham o'zbekistonliklar etakchilik qilmoqda:

1. Abbosbek Fayzullaev – 9 marta;

2. Po'latxo'ja Xoldorxonov – 8;

3. A.Haitov (Tojikiston) – 7;

4-5. A.Lopane (Avstraliya) – 6;

4-5. H.Samir (Indoneziya) – 6.

Darvoza tomon eng ko'p zarba bergan terma jamoa Eron (43 marta), futbolchi sifatida esa Qatar azosi Ahmad Al Ravi hamda Eron futbolchisi Gorbani (ikkisi 6 tadan) qayd etilgan.

Darvozaga eng ko'p aniq zarba yo'llagan terma jamoa ham Eron (14 marta). O'zbekistonda bu natija 7 taga teng:

1. Eron – 14 marta;

2. J.Koreya – 13;

3. Iroq – 10;

4. Yaponiya – 9;

5-6. Iordaniya – 8;

5-6. Vetnam – 8.

Musobaqada hozircha 3 futbolchi qizil kartochka olgan: SHahzod Rahmatullaev (O'zbekiston), Bakir Kamol (Iordaniya), CHarbel SHamun (Iroq).

Ummon terma jamoasi azolariga eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan – 8 ta. O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich uchtaga teng.

Burchak zarbalari bo'yicha ham O'zbekiston etakchilar qatorida turibdi:

1. Eron – 17 marta;

2. J.Koreya – 15;

3. Tojikiston – 14;

4. Yaponiya – 12;

5-7. O'zbekiston – 11;

5-7. Avstraliya – 11;

5-7. Iroq – 11.

Qita birinchiligida eng ko'p gol urayotgan jamoalar:

1. J.Koreya – 6 ta;

2. Yaponiya – 5 ta;

3-6. O'zbekiston – 3;

3-6. Avstraliya – 3;

3-6. Eron – 3;

3-6. Vetnam – 3.

Eng ko'p pas bergan terma jamoa Avstraliya (926 ta) bo'lib turibdi. Mazkur statistika bo'yicha eng yaxshi futbolchi esa Sodiqjon Qurbonov (Tojikiston, 153 ta uzatma).

To'purarlar:

1. Naoki Kumata (Yaponiya) – 3 ta gol;

2-3. Adrian Sagechich (Avstraliya) – 2;

2-3. Kang Son Jin (J.Koreya) – 2.

O'zbekistondan Abbosbek Fayzullaev va Po'latxo'ja Xoldorxonovda bittadan gol bor.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика