So’nggi yangiliklar

10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  1 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  2 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  5 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2

OFK sayti "Nasaf"ning OFK Kubogidagi g'alabasini yodga oldi Yangiliklar

OFK sayti "Nasaf"ning OFK Kubogidagi g'alabasini yodga oldi

Xabaringiz bor, 2011 yil OFK Kubogi bosh sovrinini Qarshining "Nasaf" klubi qo'lga kiritgandi. Yaqinda ushbu tarixiy voqeani OFK rasmiy sayti yodga oldi.

"2011 yilgi OFK Kubogi "Nasaf"ning musobaqada g'olib chiqqani bilan yodda qolgan. "Nasaf" musobaqaning finaliga chiqqan birinchi O'zbekiston klubi bo'ldi va yakunda bosh sovrinni qo'lga kiritdi", deb yozadi tashkilot sayti. 

Esingizda bo'lsa, qarshiliklar o'shanda Quvaytning "Quvayt SK" klubiga qarshi Qarrshidagi markaziy stadionda bahs olib borishgandi. Bungacha Quvayt jamoasi uch marta finalda ishtirok etgan bo'lsa, "Nasaf" endi birinchi bor chiqqandi.

"Nasaf" guruh o'yinlaridayoq o'zini ko'rsatishni boshlagan. Bu jamoa o'z guruhida "Dempo" (Hindiston), "Al Ansar" (Livan) va "Al Tilol" (Yaman) klublariga qarshi bahs olib borgandi. SHunisi etibor molik, "Nasaf" guruhdagi hamma o'yinlarni o'z foydasiga hal qilgan". 

"Nasaf" guruh bosqichida raqiblar darvozasiga 30ta gol urib, o'z darvozasidan atigi to'rtta to'p o'tkazib yuboradi. Eng yirik hisob "Dempo" bilan o'yinda qayd etilgan - 9:0. Jamoaning chernogoriyalik hujumchisi Ivan Boshkovich barcha o'yinlarda o'zini ko'rsatib, sakkiz bor to'p kiritishga erishadi". 

"Nasaf" guguhdan chiqqach, keyingi bosqichda "Al Faysali"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoaning finaldagi raqibi "Quvayt SK" o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallab, nimchorak finalda "Al Qodisiya"ga duch keladi. Bunda "Nasaf" o'z raqibini 2:0 hisobida mag'lub etadi. "Quvayt SK" esa 2:2 o'ynab, faqat penaltilar seriyasiga ko'ra 3:2 hisobida g'alabaga erishadi".


"CHorak finalning birinchi o'yinida "Nasaf" Tailandga safar qiladi va "CHonburi"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytadi. Yagona gol Ivan Boshkovich tomonidan kiritiladi. Javob o'yinida esa "CHonburi" ham shu hisobda zafar quchadi va ish oxir-oqibat penaltilar seriyasiga borib taqaladi. Tailandlik mashhur futbolchi Terdsak CHayman penaltidan foydalana olmaydi, "Nasaf" esa barcha zarbalarni golga aylantirib yarim finalga yo'l oladi".

"Buni qarangki, "Quvayt SK" ham chorak finalda Taidland klubi qarshi bahs olib boradi. Raqib - "Muangtong Yunayted". Ikki o'yin natijasiga ko'ra quvaytlar 1:0 hisobida zafar quchishadi. Yarim finalda "Nasaf" Iordaniyaning "Al Vihdat" klubi bilan o'ynaydi. Jamoa uyda 1:0 hisobida zafar quchib, safarda 1:1 o'ynaydi. Quvayt klubi esa yarim finalda Iroqning "Arbil" jamoasini musobaqadan chiqarib yuboradi".

"Nihoyat jamoalar hal qiluvchi finalga etib kelishadi. SHu kuni Qarshi stadioni muxlislar bilan to'lib toshadi. O'yinning birinchi taymida hisob ochilmaydi. Tanaffusdan so'ng Ilhom SHomurodov gol urib, jamoasini oldinga olib chiqadi. Keyinchalik oradan uch daqiqa o'tib latviyalik Andrey Pereplyotkin hisobni 2:0ga etkazadi. Quvaytliklar ham gol urishning uddasidan chiqishadi, lekin bu etarli bo'lmaydi va natijada "Nasaf" finalni 2:1 hisobida o'z foydasiga hal etib, bosh sovrin sohibi bo'ladi". 

"Uchrashuv yakuniga etgach, "Nasaf" jamoasiga tantanali ravishda kubok topshiriladi, shuningdek Ivan Boshkovich "Eng yaxshi to'purar", Artur Gevorkyan esa "Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini tashkilotchilardan qabul qilib oladi". 


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика