So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  24 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

OFK rasmiy sayti "Olmaliq"qa baho berdi Yangiliklar

OFK rasmiy sayti "Olmaliq"qa baho berdi

Teglar :  OlmaliqfutzalOsiyo
Ertaga, Vetnamda futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.

Bu musobaqada jami 14ta jamoa ishtirok etadi. "A" va "V" guruhlarida to'rttadan, "S" va "D" guruhlarida esa uchtadan jamoa o'rin olgan. 

Mazkur turnirda O'zbekiston nomidan qatnashadigan "Olmaliq" futzal klubi "D" guruhida kurash olib boradi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoaning keyingi bosqichga chiqishini hisobga olsak, "Olmaliq" juda yaxshi imkoniyatga ega. 

"Olmaliq" joy olgan guruhda shuningdek, Tailandning "CHonburi Bluveyv" va Livanning "Bank Beyrut" klublari ham bor. OFK rasmiy sayti har bir guruhga alohida to'xtalib, imkoniyatlarni baholadi va albatta "Olmaliq" futzal klubi haqida ham o'z fikrini bildirdi. 

Sayt "Olmaliq" haqida shunday yozadi: "Olmaliq" - O'zbekistonning amaldagi chempioni. Tarkibda milliy terma jamoaga nomzod o'yinchilar ko'p. "Olmaliq" futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi bor qatnashyapti. Jamoa o'tgan yil chorak finalgacha etib borgandi. Qizig'i shundaki, "Olmaliq" o'tgan yil chorak finalda aynan "CHonburi Bluveyv"ga mag'lub bo'lib musobaqani tark etgan. Bu safar esa har ikkala klub bir guruhdan joy olgan". 

"Olmaliq"ning guruhdagi raqiblari haqida nimalarni bilamiz? 

Tailandning "CHonburi Bluveyv" klubi ushbu musobaqada ketma-ket ettinchi bor ishtirok etadi. Bu jamoa Osiyoning eng nomdor futzal klublari qatoriga kiradi. "CHonburi" 2013 yilgi musobaqada birinchi o'rinni egallagan, 2014 yil esa ikkinchi o'rin bilan cheklangan. Jamoa tarkibida Suphavut Tuenklang ismli o'yinchi eng kuchli futzalchi hisoblanadi. 

"Livan"ning "Bank Beyrut" futzal klubi esa bu musobaqada uchinchi bor qatnashyapti. Bosh murabbiy - Deyan Dedovich. "Bank Beyrut" 2015 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar borgandi. Bu safar nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика