OFK prezidenti Eronda bo'ldi
11 noy 2013 13:08
Yangiliklar


OFK prezidenti Eronda bo'ldi
OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa o'tgan hafta Eron mamlakatiga ikki kunlik safar uyushtirdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad Eron futbol federaciyasining faoliyati bilan yaqindan tanishish edi.
Safardan qaytib kelgach, OFK rahbari o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi: “Eron – Osiyoda futboli rivoj topayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Men ikki kunlik tashrif chog'ida Eron futbol federaciyasida olib borilayotgan ishlardan katta taassurot oldim. U erda tashkil qilingan Fan va futbolga bag'ishlab o'tkazilgan ikkinchi konferenciya ajoyib tarzda o'tdi. O'ylaymanki, Eron terma jamoasi keyingi yil Braziliyada o'tkaziladigan jahon chempionatida o'zini ko'rsata oladi”.

Fikrlar