OFK Lagardere o'rniga boshqa hamkor topdi

Xayrulla Xoliqov
31 okt 2018, 17:10
Rivojlanish sari dadil qadam tashlayotgan OFK yangi kompaniya bilan shartnoma imzoladi.

2021 yildan boshlab Osiyo qitasidagi barcha xalqaro o'yinlar (klublar va terma jamoalar miqyosida) TV translyatsiyasi huquqi DDMC Fortis kompaniyasiga tegishli bo'ladi. Ushbu kompaniya OFK bilan 8 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma 2021-2028 yillarga mo'ljallangan bo'lib, bu vaqt oralig'ida kompaniya OFKga 4 milliard dollar o'tkazib beradi.

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa DDMC Fortis rahbari Yi Rentao bilan uchrashib, kompaniya bilan hamkorlikdan har ikki tomon yutishini aytib o'tdi. Eslatib o'tamiz, hozirgi paytda xalqaro o'yinlar translyatsiya huquqi Lagardere kompaniyasiga tegishli bo'lib, OFK bilan tuzilgan shartnoma 2020 yil o'z yakuniga etadi. Shundan so'ng DDMC Fortis ishga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia