So’nggi yangiliklar

10:40Европанинг ТОП клуби Кевин Де Брюйнега қизиқиш билдирмоқда  0 09:30Sofascore. Москва дербисида Файзуллаев қандай баҳо олди?  2 08:58«Реал»нинг «Арсенал»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  8 08:23Клаудио Раньери кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:53Sofascore. Кечаги учрашувда қаҳрамонга айланган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:25Элдор Шомуродов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  7 02:48Вадим Абрамов: "Станоевич бошқа позицияда ўйнамоқда. Ҳимоядаги муаммоларимиз туфайли шундай ўйнашга мажбур бўляпмиз"  5 01:39А Серия. Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинда захирадан тушиб, гол урган ҳолда "Рома"ни мағлубиятдан қутқариб қолди!  40 01:30Миржалол Қосимов: "Ҳар бир зарба голга айланганида, мухлислар стадионга келмай қўярди. Ўз вақтида мен ҳам уч ёки беш дақиқагина ўйнаганман"  2 00:45Кьеза "Ливерпул"ни А Сериянинг топ клубига алмаштириши мумкин  2 00:11Расман: Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси – Жаҳон чемпионатида  18 23:30РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаев 66 дақиқа ўйнади  57 23:21Ислом Исмоилов: "Хитой ютишимиз керак бўлган жамоалардан бири эди"  4 23:00U-17 Осиё кубоги. Хитой – Ўзбекистон 1:2  7 22:45Суперлига. "Тошкентли боллар" Жиззахда ютқазишди. "Андижон"да ғалаба, ОКМКда эса дуранг  8

OFK Kubogi-2022. "Xo'jand" ustozi: "Ijobiy natijaga erishishimiz kerak, chunki bu klub va mamlakat futboli rivoji uchun muhim" Yangiliklar

OFK Kubogi-2022. "Xo'jand" ustozi: "Ijobiy natijaga erishishimiz kerak, chunki bu klub va mamlakat futboli rivoji uchun muhim"

OFK Kubogi Markaziy mintaqa finali doirasidagi "Xo'jand" – "So'g'diyona" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Xo'jaev va rossiyalik legioner Sergey Ckanyan qatnashdi.

"Hammaga salom. Ertangi o'yin bo'yicha gapiradigan bo'lsak, raqibimiz "So'g'diyona" o'yinini o'rganib chiqdik. Ammo biz o'z o'yinimiz va tayyorgarligimizga etibor qaratamiz. Tayyorgarligimizga yarasha o'yin ko'rsatamiz degan umiddaman. O'ylaymanki, muxlislarimizni xursand qila olamiz.

"So'g'diyona"ning darajasi oldin guruh bosqichida to'qnash kelgan klublarimizdan yuqori. Qaytaraman, biz raqibni yaxshi bilamiz va tayyorgarlikka katta etibor qaratdik. Yozgi transfer oynasida Elchibek Rashidbekov, Sergey Garanja va boshqa yosh futbolchilar orqali tarkibimizni kuchaytirdik. O'ylaymanki, mavjud futbolchilarimiz uchrashuvga tayyor. Jizzax klubiga qarshi o'yinimiz hammasini ko'rsatib beradi", – dedi Xo'jaev. 

"Murabbiylar shtabi "So'g'diyona" jamoasining o'yinlarini bizga ko'rsatishdi. Raqib jiddiy va o'yinni yaxshi shakllangan. Biz ularni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz", – dedi Ckanyan.

- Murabbiyga savol. "Xo'jand" jamoasi oxirgi 2 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa ertangi bahsga qanchalik tayyor?

- Ha, biz so'nggi 2 ta o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Biri kubokda, biri chempionatda ro'y berdi. Jamoamiz tayyor holatda deb o'ylayman. Ertaga maydonda jang taklif qilamiz. 

- Murabbiyga savol. "So'g'diyona"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida nima deya olasiz?

- Hozir bu haqda gapira olmaymiz. Buni futbolchilarimizga tushuntirganmiz. Muhimi, ular buni qabul qilganliklari, ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishlari.  

Ularda tajribali va yosh futbolchilar talaygina. Jamoa o'ziga yarasha o'yin uslubiga ega. 

- Futbolchiga savol. Siz jamoaga bu yil kelib qo'shildingiz. Moslashuv jarayoni qanday kechmoqda? Yana bo'lajak uchrashuv haqida qanday fikrdasiz? 

- Osiyoga ilk marta keldim. Bu men uchun yangi tajriba maydoni. Jamoaga tez qo'shilib ketdim. Mentalitetingiz Rossiya janubidagi kabi. Tojikistonlik insonlar mehmondo'st, meni yaxshi kutib olishdi. 

O'yin haqida ko'p narsani gapirish mumkin, lekin hammasini ertaga natijadan bilib olamiz.

- Murabbiyga savol. Muxlislardan nimalarni kutyapsiz?

- Muxlislar stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlashlarini xohlaymiz. Biz ular uchun o'ynaymiz. O'yingohni to'ldirib, 12-o'yinchi bo'lib qo'llab turishsa, o'ylaymanki, bu natijani qo'lga kiritishimizda bizga qo'l keladi. 

- Siz uchun natijani qo'lga kiritish muhimmi yoki mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlarmi? (tojikistonlik jurnalist qiz savoli) 

- Albatta, do'stlik – bu do'stlik. Biroq bizni OFK Kubogi pley-off bahsi kutmoqda. Ijobiy natijaga erishishimiz kerak, chunki bu klub va mamlakat futboli rivoji uchun muhim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика