So’nggi yangiliklar

08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  0 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  9 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5

OFK Kubogi-2021. "Nasaf"ning tiklanish mashg'uloti quvnoq kayfiyatda o'tdi GALEREYA Yangiliklar

OFK Kubogi-2021. "Nasaf"ning tiklanish mashg'uloti quvnoq kayfiyatda o'tdi GALEREYA

Xabaringiz bor, "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi-2021 2-turi doirasida Tojikistonning "Xo'jand" jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Jamoa qo'shnilarga qarshi bellashuvdan so'ng tiklanuvchi mashg'ulotni o'tkazdi. Kunduz kuni bir kun oldin asosiy tarkibda tushmagan o'yinchilar trenajer zalida shug'ullanishdi. Kechqurungi maydonda o'tadigan mashg'ulot esa soat 18:30da boshlandi.


Bugungi mashg'ulot tiklanish uchun o'tkazildi va unda o'yinchilar avval butun maydonni bir necha bor aylanib yugurib chiqishdi. Keyin esa "Xo'jand" qarshi asosiy tarkibda tushmaganlar alohida Ro'ziqul Berdiev boshchiligida to'p bilan shug'ullanishgan bo'lsa, bir kun oldin boshlang'ich tarkibda bo'lganlar (darvozabon Abduvohid Nematov ham) Ilnur Sibagatullin boshchiligida mushaklarni "cho'zish" bilan shug'ullanishdi va o'zaro "kvadrat" o'ynashdi. Bunda o'rtaga ikkita o'yinchi tushdi.  Qizig'i, "Oloy" bilan o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotida Marko Stanoevich va Oybek Bozorov oyoqlari orasidan to'pni o'tkazib yuborishgandi. O'shanda Bozorovning "eb qo'ygani" lavhasini ijtimoiy tarmoqlarimizda chop etgandik. Ko'rinishidan Oybek o'sha kun uchun alamini olishga qasd qilgan ekan. Bu safargi tiklanishda Bozorovning o'zi Suhrob Nurulloev va SHerzod Nasrullaevlarni "ochkosidan" oldi. Har ikki vaziyatni videoga olishga uglurdik. "Nasaf"ning mashg'ulotidan lavhani sal turib chop etamiz. Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining "Xo'jand"ga qarshi o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov, Dushanbedan maxsus


Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining "Xo'jand"ga qarshi o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика