So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  3 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

OFK: Kapadze CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish istagida Yangiliklar

OFK: Kapadze CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish istagida

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sardori Timur Kapadze o'zining sovrinlari qatoriga OCHL medalini qo'shish uchun vaqt etganini yaxshi biladi va u ushbu turnir yarim finalida to'rtinchi bora ishtirok etishga juda yaqin turibdi.

35 yoshli O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Osiyo chempionlar ligasi yarim finallarida uch bora ishtirok etgan bo'lsada, hali final bahsida maydonga tushganicha yo'q.

Bu rekord natija. Biroq u “Lokomotiv” bilan ushbu hafta bo'lib o'tadigan “Al-Ayn”ga qarshi javob uchrashuvida g'alaba qozonib, OCHLdagi rekordini yangilashni maqsad qilgan.

 “Yoshroq paytimda, o'yinlarda mag'lub bo'lsak, men o'zimda hozirgidek bosimni his qilmasdim”, - deydi jamoasi bilan “Al-Ayn”ga qarshi chorak finalning birinchi o'yinida safarda 0:0 hisobini qayd etgan futbolchi.

 “Hozir esa men jamoamning sardoriman, yoshim ham jamoadoshlarimdan kattaroq va hozir menda bosim har qachongidan yuqori. CHunki bu men uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Men bu haqida doim o'ylayman. Hozir hamma narsadan ham ko'roq, mana shu sovrinni yutishni istayman. Yoshroq paytimda doim, bunga hali ulguraman, yana imkon bo'ladi, deb o'ylardim. Hozir esa unday deya olmayman.

“Bu menga yoqadimi, yo'qmi, futbolda yosh o'z so'zini baribir aytadi. Ammo bu jamoaviy o'yin, individual emas. Agar bu yakkakurash bo'lganida, raqibga qarshi nima qilish haqida o'ylashimning o'zi etarli bo'lardi. Biroq futbolda men jamoadoshlarim haqida ham o'ylashim, ular bilan doim hisoblashishim kerak. Faqat o'zim haqimda o'ylashga haqqim yo'q. Futbolda eng muhimi  jamoa.

 “Lokomotiv” Osiyo CHempionlar Ligasi uchun yangi jamoa. Bu uning chorak finallardagi ilk ishtiroki. Bu ergacha yana etib kela olamizmi, yo'qmi, bilib bo'lmaydi. SHuning uchun jalma sardori sifatida men yigitlarga doim takidlayman: “SHu ergacha yana etib kelishga imkon bo'ladimi, yo'qmi? Buni hech birimiz bilmaymiz. SHuning uchun bu imkoniyatni qo'ldan chiqarib bo'lmaydi”.

Kapadze turnirning so'nggi bosqichlarida mag'lubiyat alamini tatib ko'rish nima ekanini yaxshi biladi.

Kapadze 2003 yilda musobaqaning yarim finalida Tailandning “Bek Tero Sasana” klubiga mag'lub bo'lgan “Paxtakor”ning azosi edi. Bir yil o'tib u ushbu jamoa bilan yana shu bosqichga etib borib, “Seongam”ga mag'lub bo'lgandi.

2008 yilda esa u “Bunyodkor” futbolchisi sifatida yarim finalga qadr etib borgan. O'shanda uning jamoasi Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” klubiga mag'lub bo'lgandi. Vaqt o'tib boryapti va Kapadze uchun qitaning klublar miqyosidagi eng nufuzli turnir shohsupasiga chiqish uchun imkon ham tugab boryapti.

“Eng alamli mag'lubiyat “Bek Tero Sasana” bilan o'yinda bo'lgandi. CHunki ular bizdan kuchli emasdi”, deydi 2003 yilgi yarim finalni esga olgan Kapadze. “Biz safar o'yinida bor yo'g'i bir necha xatolarga yo'l qo'ygandik. Uyda esa ularni mag'lub etishga ham erishganmiz. Biroq to'plar nisbatiga ko'ra ular finalga yo'l olgan”.

“Adelaida”ga qarshi “Bunyodkor” safidagi o'yinimni yodga oladigan bo'lsam, ular ham o'sha vaqtda bizdan kuchliroq emasdi, deb ayta olaman. Biroq birinchi o'yinda biz 0:3 hisobila mag'lub bo'lgandik va bu javob o'yinida imkoniyatlarimiz juda kam qolganini anglatardi”.

O'sha mag'lubiyatlar 10 karra o'zbekiston chempioni va 2011 yilgi Osiyo chempionati yarim finalchisi hisoblangan Kapadzening OCHL g'olibi bo'lish istagini yanada oshishiga xizmat qildi.

“Bu turnirda O'zbekistonning uch klubi safida ishtirok etdim. Har bir futbolchi CHempionlar ligasida o'ynashni istaydi. O'zbekiston klubida bo'ladimi, Amirliklar yoki  Saudiya klubi tarkibidami, farqi yo'q. Har qanday klub ham bunday katta turnirda ishtirok etishni xohlaydi.

 “Men “Paxtakor” va “Bunyodkor” bilan ushbu turnir yarim finalida o'ynadim va enji “Lokomotiv” safida ham bu natijaga erishishga intilyapman. Bu biz uchun juda katta natija”.

 “CHempionlar Ligasida kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Unda ishtirok etayotgan jamoalar o'z mamlakati chempionlari yoki mamlakat kubogi sohiblaridir. SHuning uchun ham boshqa turnirlar bilan bu musobaqaning farqi juda katta. Bu erda har bir o'yin final kabidir va sen o'zingning eng yaxshi o'yiningni ko'rsatishga harakat qilasan”.
 

OFK rasmiy saytidan tarjima

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика