OFK “Anvar G'ofurov masalasi”ni ertaga ko'rib chiqadi
01 may 2014 16:55
Yangiliklar
OFK “Anvar G'ofurov masalasi”ni ertaga ko'rib chiqadi
Xabaringiz bor, Doxada bo'lib o'tgan “Al Jaish” - “Bunyodkor” o'rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi bahsidan keyin Qatar klubi Anvar G'ofurov bo'yicha Bunyodkor ustidan OFKga shikoyat xati yozgandi.
Malumki, Anvar G'ofurov bu yil OCHL pley-offida “Lokomotiv”, keyin guruh o'yinlarida “Bunyodkor” safida to'p tepdi.
“Al Jaish” esa buni noto'g'ri deb hisobladi va OFKga shuni tekshirish maqsadida xat yozdi. OFK bu masalani dushanba kuni ko'rib chiqishi kerak edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra, yig'ilish o'tkazilmadi. Bizga malum bo'lishicha, tashkilotdagilar “Anvar G'ofurov masalasi”ni ertaga ko'rib chiqishadi va shundan keyin rasmiy javob aytiladi.
Lekin imonimiz komilki, OFK albatta “Bunyodkor” foydasiga qaror chiqaradi. CHunki toshkentliklar OCHL reglamentiga zid ishni amalga oshirishmagan. Balki hammasi hujjat bo'yicha to'g'ri qilingan. Qolaversa, “Bunyodkor”ning 1/8 finaldagi raqibi “Al Hilol” ham allaqachon Toshkentga kelishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saudiya klubi “Bunyodkor” ofisiga uchib kelish dasturini yubordi. SHuningdek, uchrashuv hakamlari ham Toshkentga kelib-ketish uchun avia chipta masalasida murojaat qilgan.

Fikrlar